www.ziyouz.com kutubxonasi
379
ayollardan bittasi obidning xotinini chaqirib, o‘tin so‘radi. “Ha, o‘tin bor, - dedi xotin, -
kir-da, tandirning ichidagi o‘tinni olib ketaver”. Shunda qo‘shni ayol ichkari kirib, qaytib
chiqdi va: “Ey falonchi, men senga hayronman, sen bu yerda ering bilan gaplashib
o‘tiribsan, tandirda esa, noning pishib, kuyib ketay, deb turibdi”, dedi. Obidning ayoli
borib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tandirning ichi nonga to‘la! Obidning xotini nonlarni bir
idishga solib, erining oldiga olib bordi va eriga aytdi: “Mana qarang, tandirimiz nonlarga
to‘lib qolibdi. Albatta, Rabbingiz bu ne’matni sizga bejizga yubormagan. Siz Rabbingiz
huzurida ulug‘ odamsiz. Allohga duo qilib, umrimizning qolganida yaxshi yashashimiz
uchun bizga ko‘p rizq berishini so‘rang»”
Obid xotiniga qarab: “Ey xotin, shu kunimizga ham sabr qil”, dedi. Ammo xotini:
“Allohga duo qiling”, deb tinimsiz so‘rayverganidan keyin obid: “Mayli, duo qilaman”,
dedi va yarim kechasi turib, namoz o‘qidi, so‘ng Allohga: “Xotinimga qolgan umrida keng
rizq bergin”, deb duo qildi. Obid mana shu so‘zlarni aytib duo qilib turgan paytida,
uyning shifti ochilib, tepadan bir qo‘l qimmatbaho yoqut tashladi. Uning nuri bilan uy
yorug‘ bo‘lib ketdi. Xuddi sham uyni yoritganidek. Obid xotinining oyog‘idan turtib
uyg‘otdi. Xotini endi uxlagan edi. Obid xotiniga: “O‘rningdan tur-da, so‘ragan narsangni
ol”, dedi. Xotin: “Duo qilishga shoshilmang. Shuning uchun meni uyg‘otdingizmi hali?
Men uyqumda bir tush ko‘rdim. Usti yopiq va zabarjad bilan qoplangan, tizilib qo‘yilgan
oltin kursilarga qarab turgan edim. U kursilarning orasidagi bitta kursining bir joyi
ko‘porib olingan ekan, men: “Mana bu cheti qo‘porilgan kursi kimniki?” deb so‘radim.
Ular aytishdiki: “Bu kursi ering o‘tiradigan joy”. “Nima uchun buning cheti qo‘porilgan?”
deb so‘radim. “Bu qo‘porilgan joyni ering ertaroq so‘rab olgan”, deyishdi. Men: “Sizning
kursingizga nuqson yetkazadigan biron narsa menga ke rak emas”, dedim”. Obidning
xotini mana shu tushida bo‘lgan voqealarni aytib berdi va eriga: “Rabbingizga duo qiling,
bu yoqutni joyiga qo‘yib qo‘ysin”, dedi. Keyin obid Allohga duo qildi, boyagi qo‘l kelib,
yoqutni qaytib olib ketdi”.
HIKOYAT 962. Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytdilar: “Vaqtiki, Rasululloh
(s.a.v.) musulmonlarni bir-birlari bilan birodar tutintirganlarida, Said ibn Abdurahmon
bilan Sa’laba Ansoriyni birodar qilib qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga
chiqqanlarida, Ibn Abdurahmon u kishi bilan birga chiqdi. Sa’laba esa, birodarining
ahliga qarab qoldi. U birodarining ahli uchun o‘tin, suv tashib berardi. Sa’laba qilayotgan
hamma ishlarini faqat Alloh rizosi uchun qilardi.
Bir kun Salaba birodarining uyiga kirganida, shayton uni vasvasa qila boshladi. Shayton:
“Parda ortida nima borligiga qara”, dedi. Sa’laba pardani ko‘tarib qaradi. Shunda
birodarining ayolini ko‘rib qoldi. U juda chiroyli ayol edi. Sa’laba sabr qilolmay, ayolning
oldiga kirdi va uni ushladi. Ayol: “Ey Salaba, sen Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan
birodaringning hurmatini saqlamading»” dedi. Sa’laba: “Holimga vayl bo‘lsin”, deb nido
qilib, toqqa qochdi va baland ovoz bilan dedi: “Allohim, Sen Sensan, men menman, Sen
mag‘firat bilan keluvchisan, men gunoh va xatolar bilan keluvchiman”.
Nabiy (s.a.v.) g‘azotdan qaytib kelganlarida, barcha jangchilarni birodarlari kutib oldi.
Faqatgina Saidning birodari kutib olgani chiqmadi. Said uyiga kelganida, xotiniga: “Ey
xotin, Alloh yo‘lida tutingan birodarimga nima bo‘ldi?” dedi. Xotin: “U o‘zini xatolar
dengiziga otdi va toqqa qochib ketdi”, dedi. Said birodarini qidirib ketdi. Uni g‘amgin
holatda, qo‘llarini boshiga qo‘ygan suratda, baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy