www.ziyouz.com kutubxonasi
375
yomon bo‘lganidir. Agar olishi yomon bo‘lib, sotishi chiroyli bo‘lsa, unisi bunisini yopibdi.
Ogoh bo‘linglar, har bir va’dasini buzuvchining bayrog‘i bo‘ladi. U qiyomat kuni shu
bayrog‘i bilan bilinadi. Ogoh bo‘linglar, agar boshliq va’dasini buzsa, va’dani
buzuvchilarning katta si o‘sha bo‘ladi. Ogoh bo‘linglar, jihodning afzali zolim podshoh
oldida haq so‘zni aytishdir. Ogoh bo‘linglar, sizlarning birontalaringizni odamlardan
qo‘rqish, haq gapni ko‘rgan yoki bilgan bo‘lsa, uni aytishdan to‘sib qo‘ymasin. Garchi
quyosh mag‘ribdan chiqqan bo‘lsa ham. Ogoh bo‘linglar, dunyoning umri mana shu
quyosh botishigacha bo‘lgan vaqt miqdorida qoldi”.
957. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Biz Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga Hunayn jangida
ishtirok qildik. Payg‘ambar (s.a.v.) Islom da’vosida bo‘lgan bir kishi haqida: “Bu do‘zax
ahlidan”, dedilar. Ammo o‘sha kishi urush boshlanganida qattiq urushdi. Sahobalardan
biri Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: “Ey Rasululloh, siz do‘zax ahli degan kishini
ko‘rdim. Allohga qasamki, u Alloh yo‘lida qattiq jang qilyapti”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: “Yo‘q, u do‘zax ahlidandir”. Ba’zilar bu gapga shubha qilishdi. Shu orada u
odam qattiq jarohat yedi. U qo‘li bilan o‘qdondan bir o‘q oldi. So‘ng munkar gaplarni
gapirib, o‘zini o‘ldirdi. Sahobalar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga shoshilib kelib: “Ey
Rasululloh, sizning gapingizni Alloh to‘g‘ri qildi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldirdi”, deyishdi.
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Tur, ey falonchi, jannatga faqat mo‘min kiradi”, deb nido
qil. Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi). Ko‘p namoz, ko‘p ro‘zaning e’tibori yo‘q. Albatta
ishning oxiriga qaraladi”.
958. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar:
“Sizlarning yaralishingiz ona qornida qirq kun nutfa holida jamlanadi. Keyin qirq kun
laxta qon bo‘ladi. So‘ng qirq kun homila holida bo‘ladi, so‘ng Alloh taolo unga bir
farishtani to‘rt kalima bilan yuboradi. Unga: “Uning ajalini, umrini, amalini, rizqini,
baxtsiz yoki baxtli bo‘lishini yoz”, deb aytiladi. Bir kishi ahli jannat amallarini qiladi,
hattoki u bilan jannat orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ngra unga yozilgan narsa
yetadi va u ahli do‘zax ning amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng do‘zaxga kiradi. Yana
biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi, hattoki, u bilan do‘zax orasida bir qarich masofa
qoladi. So‘ng unga yozilgan narsa yetadi va u jannat ahli amali bilan umrini xotima
qiladi, so‘ng jannatga kiradi”.
Bu hadis yuqoridagi “Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi)” hadisiga muvofiqdir. Har bir
musulmon Alloh taolodan umrining oxirini xayrli qilishini so‘rab, duo qilishi vojibdir.
Chunki iymon boy berilishidan eng ko‘p qo‘rqiladigan vaqt jon chiqar vaqtidir.
Yahyo ibn Maoz Roziy (r.a.) aytadilar: “Parvardigoro, mening xursandchiligim meni
iymon bilan mukarram qilishing bilandir. Uni mendan olib qo‘yishingdan qo‘rqaman.
Modomiki, bu xavf men bilan birga ekan, uni qalbimdan sug‘urib olmasligingga umid
qilaman”.
Abul Qosim Hakimdan: “Bandadan iymonni oladigan gunoh bormi?” deb so‘rashdi.
Aytdilar: “Gunohlardan uchtasi bandadan iymonni oladi:
1. Unga iymon berib, ikrom qilgani uchun Allohga shukr etmaslik.
2. Undan iymonning ketmog‘idan qo‘rqmaslik.
3. Islom ahliga zulm qilish”.
Hasan Basriydan rivoyat qiladilar. Aytdilar: “Kishi do‘zaxda ming yil azoblanadi. So‘ng