Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
373
4. Nafsning amri ustiga boshqanikini qabul etish.
5. Maxluqotlarga mehr-shafqat ko‘rsatish.
6. Xalqning musibatiga sherik bo‘lish.
7.
Jannatga ishonish, ya’ni, agar amal qilsa, Alloh amalining savobini zoe’
ketkazmasligiga qat’iy ishonish.
8. Haqiqat ro‘parasida mutavoze’ bo‘lish.
9. Adovat o‘rinlarida ham nasihatni tark qilmaslik.
10. Kambag‘allikni
dastmoya qilish, ya’ni, ortiqcha molni ushlab turmasdan, faqirlarga
ishlatish.
11. Doimo tahoratli yurish.
12. Dunyoning narsasiga ega bo‘lganda, quvonmaslik,
shuningdek, u narsa qo‘ldan
ketganda, g‘am yemaslik”.
Ulamolarning ba’zilari aytadi: “Zohidlarning mashg‘uloti o‘nta narsa:
1. Shaytonga dushmanlik qilishni vojib bilish. Alloh taolo aytadi:
“Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar”
(Fotir, 16-
oyat).
2.
Faqat jannat uchun amal qilish, ya’ni, zohidlar amalni faqat hujjat sobit bo‘lgandan
keyin qiladi. Alloh taolo bu haqda aytadi:
Dostları ilə paylaş: