Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
371
5. Shaytoniy insonlar. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak. U jin shaytonidan yomonroqdir.
Chunki jin shaytonining aziyati vasvasa bilan bo‘ladi, shaytoniy odam esa, u eng yomon
do‘st, uning aziyati har qadamda ro‘baro‘ kelib turadi. U doimo bandani to‘g‘ri yo‘lidan
chalg‘itish payida bo‘ladi”.
955. Shaddod ibn Avs (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ziyrak kishi
nafsini hisobkitob qilib, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilgan kishidir”. Ya’ni
dunyoda o‘z nafsi bilan hisoblashadi va o‘limdan keyin foydalanish uchun amal qiladi.
«Fojir esa havoyi nafsiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni umid qilgan kishidir».
Iso ibn Maryam (alayhissalom) aytadilar: “Kimning qanday halok bo‘lishi ajablanarli
emas, ajablanarlisi, kishi qanday qilib najot topganidir”. Ya’ni, jannat nafs yoqtirmagan
narsalar bilan, do‘zax esa, shahvatlar bilan o‘ralgan. Har bir bandada uni vasvasa
qiladigan shayton va yaxshi ishlarga ilhomlantiradigan farishta bor. Shayton ziynatlash
va aldashda davomli bo‘lsa, farishta undan qaytarishga va yaxshilikka ilhomlantirishga
harakat qiladi. Nafs qaysi tarafda bo‘lsa, o‘shanisi g‘olib bo‘ladi””.
__________________
Dostları ilə paylaş: