“Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur va uni o‘zi o‘ylamagan tomonidan rizqlantirur” (Taloq, 2 3-
oyatlar).
Xabarda zikr qilinishicha, iblis (unga Allohning la’nati bo‘lsin) Muso (alayhissalom)
Allohga munojot qilib turganlarida, u kishining oldlariga keldi. Farishtalardan biri iblisga:
“Senga o‘lim bo‘lsin, uning bu holatidan nimani umib qilyapsan?” dedi. Aytdi: “Undan
uning otasi Odamdan jannatdaligida umid qilgan narsamni umid qilyapman”.
Aytishlaricha, namoz vaqti kelsa, shayton askarlariga odamlarga borishni, ularni
namozlaridan mashg‘ul qilib qo‘yishni buyuradi. Shayton namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishi
oldiga kelib, uni ruku’, sajda, qiroat, tasbeh va duolarni mukammal qilishdan to‘sishga
harakat etadi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, uning qalbini dunyo ishlari bilan
mashg‘ul qilib qo‘yadi. Agar bu narsalardan birortasiga qodir bo‘lmasa, shayton uni
mahkam bog‘lab, dengizga uloqtirishga shaylanadi. Agar bu ishlardan birortasiga qodir
bo‘lsa maqtanadi
Alloh taolo Iblisning og‘zidan hikoya qilib aytadi:
“Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o‘tiraman. So‘ngra ularning oldlaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelaman va ularning ko‘plarini shukr qilgan hollarida topmaysan” (A’rof, 1617-oyatlar).
Boshqa bir oyatlarda aytadi:
“Ey Odam bolalari, shayton otalaringizni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!” (A’rof, 27-oyat),
“Shayton sizlarni (agar in’om-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi” (Baqara, 268-oyat);
“Aniqki, shayton sizlarga dushmandir. Sizlar uni dushman tutinglar” (Fotir, 6-
oyat).
Alloh taolo shayton Odam farzandlari uchun dush man ekanini bayon qildi va u ularni
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy