“Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” (Fath, 29-
oyat). Ular: “Labbay, Allohning da’vatchisi”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ey ummati
Muhammad, Nuhga guvohlik berasizlarmi?” “Ha, biz guvohlik beramiz. U kishi risolatni
ularga yetkazdilar, omonatni ado qildilar”, deyishadi. Nuhning (alayhissalom) ummati:
“Nuh avval o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib bir zamonda yashamagan kishilariga guvohlik
berishadi?” deb aytishadi. “Alloh taoloning payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) nozil
qilgan:
“Darhaqiqat, Biz Nuhni “Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogohlantirgin”, deb qavmiga payg‘ambar qilib yuborganmiz” (Nuh, 1) oyatini
o‘qiganmiz”, deyishadi. Alloh taolo: “To‘g‘ri aytdinglar, Ey Muhammad ummati. Nafsimga
qasamki, hech kimni hujjatsiz azoblamayman. Ey Muhammad ummati, oralaringizda
bo‘lgan zulmlarni bir-biringizdan kechib yuboringlar. Men sizlar bilan o‘zimning oramda
bo‘lganlarini kechdim”, deydi”.
_________________
Toatdda jiddu jahd qilish bobi hadislari 946-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
947-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Nasaiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
948-hadis. Zaif. Abu Na’im rivoyat qilgan.
949-hadis. Sahih. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
950-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
SAKSON TO‘QQIZINCHI BOB SHAYTONNING ADOVAT VA HIYLALARI 951. Faqih (r.a.) aytadilar. Sofiya binti Jahsh (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat
qildilar: “Shayton odam bolasining qon tomirlarida yuradi”.
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:
“(Ey Muhammad) ayting: Men barcha insonlarning parvardigoridan, barcha insonlarning ilohidan (menga) o‘zi, jin va insonlarda bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (Alloh nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy