Shayton adovat va hiylalari bobi hadislari 951-hadis. Muttafaqun alayh.
952-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
953-a-hadis. Ibn Lol rivoyat qilgan.
953-b-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo rivoyat qilgan.
954-hadis. Sahih-mavquf. Abn Abud Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
955-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
TO‘QSONINCHI BOB RIZO Faqih aytadilar. Maymun ibn Mahron dedilar: ”Umar ibn Abdulaziz (r.a.) menga har oyda
ikki marta kelib turishimni buyurdilar. Bir kuni u kishining oldlariga keldim. U kishi
devorning ustidan qarab turgan ekanlar. Eshikka yetmasimdan kirishga ruxsat berdilar.
Uyga kirganimda, sholchalari ustida o‘tirgan edilar. Sholchaga teng keladigan supacha
bor edi. U kishi ko‘ylaklarini yamab turardilar. Salom berdim, alik oldilar. Meni darrov
supachaga o‘tkazdilar, keyin amirlarimizdan, mirshablarimizning ishlaridan, tartibni
saqlovchilarimizdan, qamoqxonalarimizdan va narx-navolardan, so‘ng o‘zimdan hol-
ahvol so‘radilar. Keyin ketmoqchi bo‘lib o‘rnimdan turayotganimda: “Ey Mo‘minlarning
amiri, uyingizda siz uchun bu ishni qiladigan biror kishi yo‘qmi?” deb so‘radim. Aytdilar:
“Ey Maymun, senga qorning to‘yadigan miqdordagi mol-dunyo kifoya qiladi. Biz bugun
bu yerda bo‘lsak, ertaga boshqa joydamiz”. So‘ng uydan chiqdim”.
Alloh taoloning ushbu:
“Qachon birovlarga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar” (Nahl, 58-oyat), degan so‘zi haqida Qatoda aytadilar: “Bu ish
arab mushriklarining ishlaridan edi. Alloh taolo ularning qilayotgan ishlari yomonligining
xabarini berdi. Ammo mo‘min kishi Alloh unga nima narsani qismat qilgan bo‘lsa, shunga
rozi bo‘lmog‘i munosibdir. Alloh taoloning mo‘minga taqdir qilgan narsasi kishi o‘ziga
qilgan narsasidan yaxshidir. Ey Odam bolasi, Alloh taoloning yomon ko‘rgan narsangni
senga taqdir qilishi yaxshi ko‘rib qilgan narsangdan yaxshidir. Allohga taqvo qil va Uning
hukmiga rozi bo‘l”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
372
Faqih aytadilar: Qatodaning so‘zi Allohning ushbu so‘ziga muvofiq keladi: