“Bas, Allohning “makridan” faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur” (A’rof, 99-oyat).
9. Allohning rahmatidan umid uzmaslik. Alloh aytadiki:
“Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir” (Zumar, 53-oyat).
10. Alloh bergan dunyoviy narsalarga xursand bo‘lmaslik va qo‘lidan ketgan narsaga
xafa bo‘lmaslik. Alloh taolo bu haqda deydi:
“Toki sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato qilgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar” (Hadid, 23-oyat).
Chunki banda yaxshilik yo‘qotilgan narsadami yoki topilganda, bilmaydi. Shuning uchun
ikki holatga ham birdek bo‘lish lozim. Mo‘minning misoli doim bir xil turadigan o‘simlikka
o‘xshaydi. U issiqda ham, sovuqda ham bahordagidek yashnab turadi. Munofiq esa, sal
sovuq tushsa, qovjirab qoladigan gulga o‘xshaydi, unga kichkinagina ofat kelsa ham,
ahvoli o‘zgaradi. Mo‘minning holati yengillik va qiyinchilik paytlarida bir xil bo‘ladi. U
hamisha Allohning taqsimotiga rozi bo‘ladi. Ammo munofiq Alloh o‘lchab bergan narsaga
rozi bo‘lmaydi. Ne’mat bor paytida haddidan oshadi, qiyinchilik vaqtida betoqatlik qiladi.
Mo‘min odam payg‘ambarlar va zohidlarning fe’llariga ergashmog‘i, kofir va munofiq
kimsalar ishiga ergashmasligi lozim.
Tavfiq Allohdandir.
TO‘QSON BIRINCHI BOB MAV’IZA 956. Faqih rivoyat qiladilar. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.)
bizlarga asrdan keyin, quyosh botmasidan oldin xutba qildilar. Bu xutbani yodlaganlar
yodladi, unutganlar unutdi. Aytdilarki: “Ogoh bo‘linglar, dunyo yaxshi, shirin, Alloh
sizlarni bunda xalifa qilib qo‘ydi va U zot nima qilishlaringizni kuzatuvchidir. Ogoh
bo‘linglar, dunyodan taqvo qilinglar, xotinlaringdan ham taqvo qilinglar. Odam bolalari
turli tabaqalarda yaratildi. Ulardan qaysi birlari mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib
yashaydi va mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ulardan yana biri mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib
yashaydi, kofir bo‘lib o‘ladi. Yana ulardan biri kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi
va kofir bo‘lib o‘ladi. Yana bir toifasi kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi, mo‘min
bo‘lib o‘ladi. Ogoh bo‘linglar, g‘azab cho‘g‘dir. U odam bolasi qalbini yondiradi. G‘azab
kelganida, ikSSki ko‘zning qizarganini, yuzlarning shishib ketganini ko‘rmaysizlarmi?
Kimning g‘azabi kelsa, o‘tirib olsin. Ogoh bo‘linglar, albatta, kishilarning yaxshisi g‘azabi
sekin kelib, tez ketadigan kishidir. Agar g‘azabi tez kelib, tez ketsa ikkovi tengdir. Ogoh
bo‘linglar, kishilarning yomoni g‘azabi tez kelib, sekin ketadigan kishidir. Agar g‘azab
sekin kelib, sekin ketsa, ikkalasi barobardir. Ogoh bo‘linglar, savdogarlarning yaxshisi
olishi ham, sotishi ham chiroyli bo‘lganidir. Agar olishi chiroyli, sotishi yomon bo‘lsa,
unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglarki, savdogarlarning yomoni olishi ham, sotishi ham
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy