Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
377
qalqon sotib oldi. Sallasini qorniga bog‘ladi, boshini ikki ko‘zidan boshqa hech joyi 
ko‘rinmaydigan qilib o‘radi. Keyin muhojirlarning oldiga keldi. “Bu chavandoz kim 
bo‘ldi?” deyishdi. Ali: “Qo‘yaveringlar, balki Bahrayn yoki Shomdan kelgandir. Sizlardan 
dinlaringiz, ishlaringiz haqida so‘ramoqchi bo‘lganu so‘ng sizlarga qo‘shilishni yaxshi 
ko‘rib qolgan bo‘lsa kerak”, dedilar. So‘ng u urushga kirishdi, nayza bilan sanchib, qilich 
bilan chopa boshladi. Bir payt oti yiqildi. Keyin piyoda holda yenglarini shimarib jang 
qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning qora bilagini ko‘rib tanidilar va: “Sen Sa’dmisan?” 
dedilar. “Ota-onam sizga fido bo‘lsin. Men Sa’dman”, dedi. Nabiy aytdilar: “Sa’d 
muvaffaqiyatga erishdi”. Sa’d nayza bilan sanchib, qilich bilan chopib, Allohning 
dushmanlarini o‘ldirardi. Keyin: “Sa’d halok bo‘ldi”, degan xabar tarqaldi. Payg‘ambar 
(s.a.v.) uning oldiga keldilar. Boshini ko‘tarib, quchoqlariga oldilar. Keyin yuzidagi 
tuproqni kiyimlari bilan artdilar va: “Sening bo‘ying shunchalar yaxshiki, hatto Alloh va 
Rasuliga xush yoqadi”, dedilar va yig‘ladilar. Keyin ko‘mdilar va yuzlarini burdilar-da: 
“Allohga qasamki, u hovuzga yetdi”, dedilar. Abu Luboba: “Ota-onam sizga fido bo‘lsin, 
hovuz nima?” deb so‘radilar. “Bu hovuzning chekkalari dur va yoqut bilan qoplangan. 
Suvi sutdan ham oq, asaldan ham mazaliroq. Kim undan bir marta ichsa, hech qachon 
chanqamaydi”, dedilar. So‘ng: “Ey Rasululloh, ko‘rdimki, yig‘ladingiz, so‘ng kuldingiz, 
so‘ng yuzingizni burdingiz. Bularning sababi ne?” deb so‘radi. Rasululloh javob berdilar: 
“Avvalo Sa’dga mehrim jo‘shib yig‘ladim. So‘ng uning manzili va izzat-ikromi Alloh taolo 
zimmasida ekanidan xursand bo‘lib kuldim. Yuzimni olib qochganim esa, men uning 
hurlardan bo‘lgan juftlarini ko‘rdim. Ular boldirlari ochilgan, taqinchoqlari ko‘ringan 
holatda unga shoshilib kelishdi, o‘shalardan uyalib yuzimni olib qochdim”. Keyin qurolini, 
otini va boshqa narsalarni olishni buyurib aytdilar: “Bu narsalarni unga qizini bergan 
kishining oldiga olib boringlar va: “Alloh taolo uni sizlarning qizingizdan ham 
yaxshirog‘iga uylantirdi”, deb aytinglar”. 
960. Faqih rivoyat qiladilar. Ubayd ibn Umayr aytdilar: “Oldingilardan uch kishi 
sayohatga chiqdi. Yomg‘ir yog‘ib qolib, ular bir g‘ordan boshpana topishdi. Shu payt 
tepadagi tog‘dan katta tosh tushib, g‘or og‘zi yopilib qoldi. Ular: “Yo‘l yo‘q, xabar kesildi. 
Biz uchun faqat Alloh va qilgan yaxshi amallarimiz bor, xolos” (ya’ni, Allohga qilgan solih 
amallarimiz hurmati duo qilaylik, shoyad, Alloh bizlarga yo‘l ochsa), deyishdi. Ulardan 
bittasi aytdi: “Parvardigoro, Sen bilarding, amakimning bir qizi bor edi. U menga juda 
yoqardi, men undan nafsimni qondirishini so‘radim. U bosh tortdi. Keyin uning boshiga 
qattiq muhtojlik tushdi. Mening oldimga kelib, yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, men bilan 
birga bo‘lmaguningcha yordam bermayman”, dedim. U bosh tortdi. So‘ng yana qaytib 
keldi, boshiga qattiq ehtiyoj tushgan edi. (Boshqa rivoyatda: “Uning eri qattiq kasal 
bo‘lib qoldi, kichik bolalari bor edi, ularga qahatchilik yetdi”, deyiladi.) U uch-to‘rt marta 
kelib yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, nafsing bilan meni qondirmaguningcha, yordam 
bermayman”, der edim. Oxiri u rozi bo‘ldi. Ammo men u ayol bilan birga bo‘lishga 
intilgan paytimda badanlarim titrab ketdi. Shunda u aytdiki: “Bu narsani faqat halol 
o‘ringa sarflashingiz lozim”. So‘ng men uni qo‘yib yubordim va unga zarur bo‘lgan 
narsani to‘liq qilib berdim. Ey Allohim, meni bu ishni Sening yuzingni istab qilgan 
bo‘lsam, bizdan bu toshni sur”. Shunda g‘orning og‘zida kichik tuynuk ochildi. So‘ng 
ikkinchisi aytdi: “Ey Allohim, bilasanki, mening keksa ota-onam bor edi. Bir kuni men 
sut sog‘ib, kechki ovqat uchun ularning oldiga keltirdim. Qarasam, ular uxlayotgan ekan, 
ammo uyg‘otishni xohlamadim, biroq qo‘ylarimni tashlab ketishdan ham qo‘rqdim. 
Shunday bo‘lsa-da, ularni qoldirib, ota-onamning boshida tong otguncha, idishni ushlab 
turdim. Vaholanki, qo‘ylarim sahroda edi. Allohim, agar bu ishimni O‘zingning roziliging 
uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu aziyatni ketkaz”. Shundn so‘ng g‘or og‘zidagi tosh 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin