Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
eshitilgandin so‘ngra, Sa’dning qavmu qarindoshlari bo‘lgan voqeani bayon qildilar. Shu 
sabab bo‘lib, Abu Sufyon o‘g‘li Amrni Makkaga qaytardilar, aning barobarida Sa’d ham 
salomat Madinaga keldi. Yana asir tushgan kishilardan birovi kuyovlari Abul Os ibn Rabe’ 
edi. Payg‘ambarimiz Makkada turgan chog‘larida qizlari Zaynabni shul kishiga bergan 
edilar. Bundan boshqa ikki qizlari amakilari Abu Lahabning o‘g‘illariga tushgan edi. 
Payg‘ambarimizga qilgan dushmanligi orqalik bularni ajratib olishga majbur bo‘ldilar. 
Buni ko‘rgan Quraysh mushriklari Zaynabni ham taloq qilishni Abul Osga taklif qilgan 
bo‘lsalar ham, Abul Os: «Alloh oti bilan qasam qilurman, rafiqam Zaynabdin hargiz 
ajralmasman, Quraysh xotin-qizlaridan hech birini unga teng ko‘rmasman», deb alarning 
so‘zlarini qaytardilar. Zaynab Abul Osga fidya molini yuboray der ersa, aning 
yuborgudek hech narsasi yo‘q edi. Nochor bo‘lib, bo‘yinga osar munchoqlarini fidya moli 
o‘rnida Madinaga yubordilar. Bu narsani onasi hazrati Xadicha, qizlari kelin bo‘lib 
tushgan tunida bo‘yniga taqqan edi. Fidya moli uchun keltirilgan, qizlarining bo‘yin 
munchoqlarini ko‘rib, Rasulullohning ko‘ngillari og‘ridi. Anda sahobalarga aytdilar: 
— Agar rozi bo‘lsanglar, Zaynabning yuborgan bo‘yin osmalarini unga qaytarib, aning 
asirini bo‘shatursiz, — dedilar. 
Barchalari rizolik berib, Abul Osdan fidya moli olinmay, Makkaga qaytaridi. Lekin 
Rasululloh, qizlari Zaynabni Madinaga qaytarishni unga shart qilib, kishi qo‘shdilar. Bir 
necha kundan keyin yuborilgan kishi Zaynabni salomat Madinaga keltirdi. So‘ngra 
hijratning sakkizinchi yilida, Makka fath bo‘lishdan burunroq, Abul Os iymon keltirib, 
Madinaga keldi. Rasulullohning ruxsatlari bilan burungi nikoh buzilmasdan birga 
bo‘ldilar. Yana asirlardan Suhayl ibn Amr degan kishi o‘zi Quraysh raislaridan bo‘lib, 
uning ustiga atoqlik shoir, ham arablardan chiqqan chechanlardan edi. Buning tilidan 
musulmonlarga ko‘p aziyatlar yetmish edi. Shuning uchun hazrati Umar: 
— Yo Rasululloh, ruxsat qiling Suhaylning oldingi ikki tishini sug‘urib olayin, bundan 
keyin arab majlislarida sizga qarshi she’r aytib, so‘z qilmoqdin ojiz qolsun, — dedi. Anda 
Payg‘ambarimiz: 
— Ey Umar, insondagi alloh yasagan a’zolarni buzgani bo‘lmas, agar u bu kungacha 
qarshi so‘z qilgan bo‘lsa, bir kun bo‘lurkim, Islom yordamida yaxshi so‘zlar qilib, Alloh 
rizosini topgay, — dedilar. 
Rasulullohning bu aytgan so‘zlari vafotlaridan so‘ngra, deganlaridek to‘g‘ri chiqdi. 
Payg‘ambarimizning vafotlarida qalblariga iymon — Islom haqiqati bilan o‘rnashmagan 
bir necha arab qabilalari murtad bo‘ldilar. U chog‘da Makka xalqi ham yangi 
musulmonlardin edi. Bular ham murtad bo‘lishga moyil bo‘lishdi. Shu chog‘da Suhayl 
turib, Allohga hamdu sano aytgandin keyin, ko‘pchilik xalq ichida o‘tkir bir nutq 
so‘zladikim, mazmuni bu erdi: 
— Ey odamlar, har kimsa Muhammad uchun Islomga kirgan bo‘lsa va Muhammadga 
ibodat qilgan ersa, aniq bilsinki, Muhammad vafot bo‘ldi. Agar Allohga iymon keltirib
ibodatni Allohga qilsa, ul Alloh tirikdur, ul hoziru nozirdur, doimiy boqiydur. Alloh 
Qur’onda xabar bergan: 
«Innaka mayyitun va innahum mayyituvn». 
Ma’nosi: «Ey Muhammad, sen ham bir kun o‘lursan, o‘tgan payg‘ambarlar ham 
o‘lganlar». 
Yana Alloh aytdi: «Va ma Muhammadun illa rasuvlun qod xalat min qoblihir rusul». 
Ma’nosi: «Muhammad insondin chiqqan payg‘ambardur, bundan burun ham ko‘p 
payg‘ambarlar o‘tgandurlar». 
«Afain mata avqutilan qolabtum ala a’qobikum». 
Ma’nosi: «Muhammadning ajali yetib o‘lsa, yo dush- manlari tomonidan o‘ldirilsa, dindan 
chiqib, ilgarigi yo‘linglarga qaytgaysizlarmu?» demak. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin