SAVIQ G‘AZOTI Buning bayoni shundaydurkim, o‘tgan Badr g‘azotida Makka mushriklari musulmonlardin
qattiq yengilgan edilar. Bu urushda Quraysh boshlig‘i Abu Sufyonning o‘g‘li va uning
yaqin qarindoshlaridan bir qanchasi halok bo‘lgan edi, bular orasida sayidlar ham bor
edi. Ammo Abu Sufyon bo‘lsa, o‘zi Shom karvonining boshlig‘i bo‘lib, yo‘lda bo‘lganlikdan
o‘zi bu urushga qatnashmagan edi. Shuning uchun bu musibatga chiday olmay, qattiq
qayg‘urdi. Tezlik bilan musulmonlardan o‘ch olmoq fikriga tushib: «Muhammaddin o‘ch
olmagunimcha, boshimga va yuz-ko‘zlarimga suv tekkizmayman», deb arab odaticha
qasamyod qildi.
Shu qilgan qasamini amalga oshirish uchun Qurayshdin ikki yuz kishini birga olib,
Madinaga qarab yo‘lga tushdi. Madinaga yaqinlashganida yahudlardin Bani Nazir
qabilasining raislariga uchrashib, alarni ham qo‘zg‘ashni o‘yladi. Shu maqsad ila qabila
raisi Huyay ibn Axtab oldiga kechqurun qop-qorong‘uda Abu Sufyon keldi. Kirishga
ruxsat so‘rab, eshik qoqqan edi, eshikni ochmadilar. Bundin umidi uzilgach, ikkinchi rais
Salom ibn Mishkam qoshiga bordi. Bu unga suyunchilik ko‘rsatib, hurmatlab qarshi oldi.
Ziyofat ustida yemak-ichak o‘tgandin keyin, har ikkovi yashirincha so‘zlashdilar. So‘ngra
Abu Sufyon uning oldidan chiqib, askarlaridin bir necha kishini Madinaga yubordi. Ular
Madinadan chetroqda bo‘lgan bir xurmozor boqqa o‘t qo‘yib, ichidagi bog‘bonni tutib
o‘ldirdilar.
Bu xabar Rasulullohga yetgach, Payg‘ambarimiz tezlik bilan ikki yuz kishi olib, bular
ortidan iz quvib chiqdilar. Kishi o‘ldirib qochgan dushmanlar Abu Sufyonga kelib,
qo‘shilishi bilan Rasulullohning kelayotgan xabarini onglashib, dushman askariga