www.ziyouz.com kutubxonasi
106
ixtiyor qildik, alarga qilgan muhabbatimizdan boshqa bu ishga hech bois topmadik,
chunki «Almar’u ma’a man ahab» degan hadisning rivoyati sobitdur. Ya’ni,
Payg‘ambarimiz aytdilar: «Har kishi suygani bilan birga bo‘lur». Bu dunyoda suygan
bo‘lsa, u dunyoda ham shu bilan birga bo‘lur, demakdur. Allohdin umidim shuldurkim,
shu muhabbatim bilan Rasulullohning diydorlariga musharraf bo‘lgayman. Endi ul 360
erlarnnig boshlig‘i Alloh saylagan sardori, odam naslining sayidi — Rasululloh, —
Abdulloh o‘g‘li Muhammaddur, sollallohu alayhi vasallam.
Badr g‘oziylarining ismi-shariflari kitob so‘ngida ilova qilib berildi.
Hazrati Usmon raziyallohu anhuning xotinlari Ruqiya Payg‘ambarimizning qizlari edi. Shu
g‘azot kunlarida kasali og‘irlashdi, shuning uchun Hazrati Usmon bu g‘azotga borolmay
qoldilar. Mana shu otlari yozilgan erlar Rasululloh boshchiligida Alloh yordamida o‘zlariga
uch barobar ko‘p bo‘lgan kuchlarni yengib chiqdilar. Bu g‘azotdagi g‘olibiyat orqalik
musulmonlar ruhi ko‘tarildi. Islom nuri kufr qorong‘uligini yoritdi. Islom dini butun
dunyoga ulug‘ o‘zgarishlar solmoqqa shu g‘olibiyat orqali yo‘l ochdi. Rasulullohning
atoqlari, musulmonlarning haybatlari tamom Arabistonni qopladi. Madina shahrida va
atrofda poylab turgan dushmanlarga qo‘rqinch tushib, ko‘plari dinga kirdilar. Munofiqlar
— Abdulloh ibn Ubay va uning tilakdoshlari til uchida bo‘lsa ham iymon keltirishga
majbur bo‘ldilar. Bu urushda musulmonlardan barisi bo‘lib, o‘n to‘rt kishi shahid bo‘ldi,
olti kishi muhojirlardan, sakkiz kishi ansorlardan edi. Alloh ulardin, ular Allohdin rozidur.
Bu Badr g‘azoti bo‘lsa, hijratdin o‘n sakkiz oy o‘tganda Ramazon oyining uchinchi kunida
boshlangan edi. Yana shu oyning o‘n yettinchisida musulmonlarning g‘alaba qozonishi
bilan tamomlangan edi. Islom ahli uzra birinchi marotaba bo‘lgan bu ulug‘ ne’matni har
yili shu oy, shu kunlar kelganda eslariga olib qo‘yishlari lozimdur.