QAYNAQO’ G‘AZOTI Rasululloh Badr g‘azotidan qaytib, Madinaga kelganlaridan so‘ngra bir oy ham o‘tmasdin
turib, Qaynaqo’ yahudlari Payg‘ambarimiz bilan qilgan ahd-paymonlarini buzib, xiyonat
qildilar. Bular bo‘lsa, yahudlar arablar ichida urushchanlik — bahodirlik bilan nomlari
ko‘tarilgan edi. Temirchilik, zargarlik hunarlarida anchagina mohir edilar. Shuning uchun
urush asboblari bularda mukammal edi. Xotun-qizlarga kerakli zeb-ziynat, oltin-kumush
asboblari bularning bozorlarida ko‘proq sotilur edi. Bir kuni bir musulmon arab xotuni
isirg‘a-uzuk misoli bir narsa olmoqchi bo‘lib, bir yahudiy zargar do‘koniga kirib o‘ltirdi. U
zargar xotunga tegishmoqchi bo‘lib boshiga yopilgan burg‘unchig‘ini orqa tomonidan
tortib bog‘lab qo‘ydi. O‘lturgan xotun bilmasdin birdan turganda, boshidagi, egnidagi
kiyimlari shipirilib yerga tushdi. Odatda yot kishilar ko‘rishi mumkin bo‘lmaydigan joylari
badanidan ochilib qoldi. Ul yerda o‘tirishgan yahudlar qah-qahlashib, ula xotunga
kuldilar. Bunga xotunning xo‘rligi kelib: «Musulmon bormi?» deb yig‘lab yubordi. Buning
nolasini eshitgan musulmonlardin birisi chidab turolmay, qilich sug‘urib, ul yahudiyni
chopib tashladi. Buni ko‘rgan ko‘pchilik yahudlar uning ustiga hujum qilishib, uni pora-
pora qildilar. Shu bahona bo‘lib, yahudlar bilan musulmonlar orasiga dushmanlik tushib,
urush qo‘zg‘aldi.
Bu xabar Rasulullohga yetgach, yahud raislaridan bir nechalarini Madinaga chaqirdilar.
Ahd buzguvchilarning oxiri yomon bo‘lishini alarga aytib: «O‘rtamizda to‘xtalgan ahd-
paymonlarimizga qaraganda, sizlarning bu ishinglar ahdni buzmoqdur. Ey yahud qavmi,
bilasizlar, albatta, men Xudo tarafidan kelgan haq payg‘ambardurman, bu so‘zning
rostligiga shul o‘qib turgan kitobinglar — Tavrotu Injilni guvoh qilurman. Bu haqiqatni
o‘zinglar u kitoblarda ko‘rib, aniq bilgandin so‘ngra yana inkor qildinglar. Endi sizlarga
Allohning g‘azabi kelgay, Badr urushida Quraysh ustiga tushgan musibat kunlari sizlarga