Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
Buni anglab, darhol Hazrati Ali Rasulullohdin ruxsat olib, aning oldiga kelishi bilan bir-
birlariga hamla qilishib, qilich solishdilar. Talhaning oyoqlari kesildi. Yiqilgandin so‘ngra 
Hazrati Ali uni chopib tashladi. Bu yiqilishi bilan uning ukasi Usmon tug‘ni ko‘tardi, uni 
Hazrati Hamza chopib yubordi. Inisi Abu Sa’d o‘rniga kelib tug‘ tutdi. Hazrati Sa’d ibn Abi 
Vaqqos otgan o‘q aning bo‘g‘ziga tegib, shul zamon jon berdi. Shundoq qilib, qatori bilan 
tug‘ tutganlardin to‘rt kishi o‘ldirildi. Ularning barisi bir qabiladan edi. Shu orada Abu 
Bakr Siddiqning o‘g‘li Abdurahmon maydonga tushib bahodir talab qildi. Otasi Abu Bakr 
Siddiq qarshi chiqmoqqa tilagan bo‘lsalar ham, Rasululloh ruxsat bermadilar. Mushriklar 
qo‘shinlarining ichida ikki yuzdan ortiq otliq askarlari bor edi. Musulmonlarning orqa 
tomonidan ular ham uch qayta hujum qildilar. Barcha hujumlar tepa ustida o‘rnashgan 
ellik nafar merganlar tomonidan yog‘dirilgan o‘qlar ila qaytarildi. Hujumchi dushman 
askari ot qo‘yib kelayotganlarida qarshilaridan otilgan sadoq o‘qlariga chidab turolmay 
orqalariga qochdilar. Shundoq bo‘lsa ham sonlari uch-to‘rt barobar ortiq bo‘lgan 
dushman askari qizg‘inlik bilan urushga kirishdilar. Islom va kufr, haq va botil qo‘shinlari 
bir-birlariga yaqinlashdi, har ikki yoqning bahodirlari suron solib qichqirishdilar. 
Dushman qo‘shinining keyiniga qo‘yilgan qo‘shiqchi xotunlar urush qizdirish uchun dop-
childirmalarini chalib, hayajonlik she’rlarni o‘qishur edi. Bundin ilgari Badr urushida 
o‘ldirilgan Quraysh ulug‘larini yo‘qlab yig‘lashib, alarning urug‘-aymoqlarini shu urushda 
o‘ch olmoqqa qo‘zg‘ashar edilar. Rasululloh mushrik xotunlarning bu yo‘sinlik 
qo‘shiqlarini onglaganlarida shu duoni o‘qidilar: 
«Allohumma bika ahulu va bika asulu va fiyka uqotilu, hasbiyallohu va ne’mal vakil». 
Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, sen uchun urushurman, sening yordaming bilan hujum 
qilurman. Alloh yordami har ishda menga yetarlikdur», demakdur. 
Shuning bilan musulmonlarga iqbol eshigi ochildi. Maydon bo‘yicha g‘alaba qozonib, har 
joyda dushmanga qattiq zarba berdilar. Tug‘ boshchilaridan ketma-ket to‘rt kishi 
o‘ldirilganidan so‘ngra dushman askari orqa o‘girib qochishga turdi. Buni ko‘rib, islom 
askarining ruhi ko‘tarildi. Alarni otib-chopib orqadan quvg‘in qildilar. Dushmanning oldi 
saflari buzilib, ortqi saflariga qo‘shilmish edi. Qochqinchilar yuziga xotunlar tarafidan 
sochilgan qum-tuproqqa qaramay, qo‘sh-qo‘lonlarini qoldirib, o‘rdalaridan o‘ta qochdilar. 
Mana shu chog‘da o‘ljaga qiziqib turgan Islom askari qochgan dushmanlarni qoldirib o‘lja 
yig‘moqqa kirishdi. Dushman ortidan quvg‘in qilish to‘xtadi. Askar ortini saqlash uchun 
qo‘yilgan merganlar ko‘rdilarkim, dushmanlari yengildi. Quvguvchi askarlar ham 
dushmanlarini qo‘yib, o‘lja yig‘ishga kirishmishdurlar. Endi ish bitdi, qarab turish nimaga 
kerak, o‘ljadan quruq qolgaymiz deyishib, urush uchun qo‘lda saqlamoq eng kerak 
bo‘lgan joyni bo‘sh qoldirib, o‘lja olish qizig‘ida el orqasidan bular ham yugurdilar. 
Boshliqlari Abdulloh ibn Jubayr qon qaqshab qancha qaytargan bo‘lsa ham aning so‘ziga 
quloq soluvchi kishi bo‘lmadi. Yo‘q ersa, Rasululloh aytgan edilar. «Biz dushmanni 
yengaylik yoki yengilaylik, mendin ruxsatsiz bu joydin siljimagaysiz», deb qayta-
qaytadin topshiriq bergan edilar. Dunyoning qizig‘ida bu so‘zni ham unutib qo‘ydilar. 
Mana shuning bilan butun ishlar ham o‘zgara boshladi. Negakim, g‘alaba qozonmoq 
uchun eng kerak bo‘lgan narsa: birinchi, askar boshlig‘ining buyrug‘ini bajarish, ikkinchi, 
kerakli o‘rinlarni qo‘lda saqlash edi. Ish shundoq bo‘lgach, dushman otliq askari boshlig‘i 
Xolid ibn Valid buni payqab qoldi, agar shu joyga hujum qilib, uni qo‘lga keltirur ersa, 
Islom askarini o‘rab olishga aniq ko‘zi yetgan edi. Bu joyga qo‘yilgan ellik kishilik 
merganlardan — boshliqlari Abdulloh ibn Jubayr bilan o‘n ikki kishi qolganligini ko‘rdi. 
Bunday fursat topilmagay, deb Xolid ibn Valid borliq askari bilan bu o‘ringa ot qo‘ydi. 
Xiyol o‘tmay ul o‘n ikki kishini urib-yanchib, barchalarini shahid qildilar. Shuning bilan 
Islom askari o‘ralib qoldi. So‘ngra askar ortidan qizg‘inlik bilan hujum boshladi. 
Olg‘a safdagi Islom askari bu ishdan xabarsiz edilar. Hazrati Hamza bu urushda ko‘p 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin