Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
bahodirlik ko‘rsatdi. Dushman bahodirlaridan buning qo‘lida o‘ldirilganlarning soni o‘ttiz 
birga yetgan edi. Shundoq qilib, to‘g‘ri kelgan dushmanlarni chopib, maydon ichra javlon 
qilib yurdi. Shu orada buni kutib yotgan Vahshiy qulni ko‘rmay, oldidan o‘taverdilar. Bu 
habashiy qulning xo‘jasi Jubayr ibn Mut’im anga shart qo‘yib: «Agar Hamzani bu 
urushda o‘ldirur ersang, sen qullikdan ozodsan», degan edi. Shu maqsadni qo‘lga 
keltirish uchun, hazrati Hamzaning yo‘lini to‘sib, kutib tosh orqasiga yashirinib yotdi. Bu 
qulning hunari o‘n-o‘n besh qadam olisda turib, agar dushmanga nayza otar bo‘lsa, ani 
mo‘ljallagan joyga tekkizur edi. Hazrati Hamza bundin xabarsiz, qilich yalanglab 
ketayotganida, Vahshiy qul bor kuchi bilan jon yerini poylab, nayza irg‘itdi. Otgan 
nayzasi o‘q ilondek to‘lg‘onib, kindik ostiga tegib qadaldi. Sovut orasidan kirib, 
nayzaning uchi orqa tomonidan ko‘rinib qoldi. So‘ngra Hazrati Hamza g‘ayrat ko‘rsatib, 
Vahshiyga qilich ko‘targan bo‘lsalar ham, yetarlik kuch qolmaganlikdan, yiqilib shahid 
bo‘ldilar, roziyallohu anhu. 
Shungachalik Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl o‘z askarlari bilan orqa tomondan 
qamab kelishib qoldilar. Shunda ham o‘ljachilar dunyo qizig‘i — mol yig‘moqqa mashg‘ul 
edilar. So‘ngra ko‘rdilarkim, orqa tomondin qora bulutdek dushman askari qoplab 
kelmishdur. Buni ko‘rib boshlaridan xushlari uchdi. Yiqqan mollarini qo‘llaridan tashlab, 
bog‘lab olmish asirlarini bo‘shatdilar. Tuzilgan cheplari buzilib, orqa-oldilarini dushman 
qurshab oldi. Kufr qo‘shinlari: «YO, lal-uzzo val hubul», deb butlari nomi bilan 
qichqirishib, hujumga kirishdilar. Bu holni ko‘rib, orqa-oldilaridan o‘ralgan Islom askari 
shoshqinlikka tushdi. Buning ustiga shayton mal’un odam suratiga kirib: «Ey mo‘minlar, 
orqa tomoninglardin dushman askari qoplab keldi», — deb qattiq qichqirdi. Buni 
eshitgan olg‘a safdagi askarlar orqaga yonib, chang-to‘zon ichida bir-birlarini tanishmay, 
o‘z aro chopishdilar. Mushriklarning yiqilib yotgan bayroqlari qaytadin ko‘tarildi. Islom 
tug‘ini ko‘targan Mus’ab ibn Umayrni Ibn Qam’a qilich urib, shahid qildi. So‘ngra: 
«Muhammadni o‘ldirdim», deb askar ichini oralab, ot chopib yurib jar chaqirdi. 
Buni eshitgan mo‘minlarning hushlari ketdi. Alardin ba’zilari: «Rasululloh o‘ldirilgan 
bo‘lsa, endi urushimizni kim uchun qilgaymiz? Yaxshisi shuki, dushmanlarimiz bilan 
kelishib, alardin omonlik olaylik», dedilar. Yana birmunchalari: «Agar Rasululloh 
o‘ldirilgan bo‘lsalar, endi dinimiz yo‘lida Alloh uchun urush qilurmiz, Rasululloh oldida 
urush qilmoqdin asli maqsadimiz ham shul edi», dedilar. Yana bir qanchalari urush 
maydonidan chekinib, Madina tomoniga qarab qochdilar. Bular ichida Hazrati Usmon 
ham bor edi. Bu kishining ustiga tushgan fitna kunlarida dushmanlari ko‘proq shu ishni 
ta’na qildilar. Lekin bu qochqunchilar qilgan ishlaridan uyalishib, Madina bog‘larida 
yashirinib yurgan edilar. Rasulullohning ruxsatlari bilan uch kundan keyin Madinaga 
keldilar. 
Ammo Rasululloh bo‘lsalar bu dahshatlik holda zarrachalik o‘zgarmadilar. Kelgan 
o‘rinlaridan bir qadam bo‘lsa ham ortga qaytmadilar. Atroflarini sahobalardan bir necha 
jonfidolar qurshab olgan edi. Ayniqsa, bular ichida Abu Talha ansoriy dushman 
tomonidan qasdlab otilmish o‘qlarga o‘zini to‘sib, qalqon qilur edi. Dushman otliq, yayov 
askarlari ersa Islom tug‘ini yiqmoqqa qattiq hujum qilishardi. Shu chog‘da tug‘ Hazrati 
Ali qo‘lida edi. Tug‘ saqlovchi merganlardan bir qanchalari Rasululloh oldilarida edilar. 
Bular ichida shul kuni eng ortiq ish ko‘rsatgan kishi hazrati Sa’d ibn Abi Vaqqos bo‘ldi. 
Sel qoplagandek otliq va piyoda dushman askariga yolg‘iz o‘zi bir mingdan ortiq o‘q otdi. 
Rasululloh tinmay o‘q yetkazib berur va: «Irmi yo Sa’d, fidoka abiy va ummiy», ya’ni, 
«Otgil, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin», der edilar. 
Rasululohning Sa’d haqida aytgan so‘zlari ikki dunyoda maqtanurlik erdi. Chunki ilgari-
keyin bundoq so‘z Rasululloh taraflaridan hech kimga aytilmagan edi. Yana shu chog‘da 
dushmanlardan bir bo‘limi tog‘ ustidan hujum qilmoqqa chiqib, keldilar. Rasululloh ularni 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin