Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
yashirin sirdur. Buning haqiqatini Allohdin o‘zga kim bilur. 
Rasululloh bu kofirning tentib yurib, yolg‘iz qolib, kofirlikda o‘lishini ilgariyoq xabar 
bermish edilar. Buning haqida nima degan bo‘lsalar, shundoqligicha bo‘lib, mo’jizalari 
barchaga ma’lum bo‘ldi. 
Yana shu Uhud urushida musulmonlardin Amr ibn Jamuh shahid bo‘ldi. Bu kishi ersa 
ansor sahobalaridan erdi. Ulug‘ yoshlik, oyog‘i cho‘loq edi. Har biri yo‘lbarsdek to‘rt o‘g‘li 
bor edi. To‘rtovlari ham barobar askar safiga hozir bo‘ldilar. Otalariga aytdilarkim: 
Sizning Xudo oldida qabul bo‘lguvdek uzringiz bordur, siz tomondin biz to‘rt o‘g‘il urush 
maydonida turibmiz, endi sizga urushga chiqmoqning nima hojati bordur? deb otalarini 
qaytardilar. Bolalaridan bu so‘zni onglagach, yashirincha Rasululloh oldilariga kelib 
aytdilarkim: 
— YO Rasulalloh, siz bilan birga bugun urushga chiqmoqchi edim, sizdan ajrab qolmoqqa 
toqatim yo‘qdur. O‘g‘illarim ersa, bu ishga to‘sqinlik qilib tururlar. Alloh haqi, meni bu 
ishdin to‘smasinlar, ajab emas, bu urushda Alloh taolo menga shahidlikni nasib qilsa, 
shu turganimcha jannatga kirib olib, u joyda ham cho‘loqlanib bosib yursam, men uchun 
na ulug‘ davlatdur, — deb yig‘ladi. Anda Rasululloh aytdilar: «Alloh oldida sening uzring 
maqbuldur, sen kabi kishilarga jihod qilishni Alloh buyurmaydur» degan bo‘lsalar ham, 
o‘g‘lonlariga qarab aytdilarkim: «Agar ani bu ishdin tutmas ersangiz, shahodat topsa, 
aning maqsadi hosil bo‘lgay», dedilar. Bu so‘zni o‘g‘illari ham qabul qildilar. 
Rasulullohdin bu so‘zni onglashlari bilan, darhol turib, qamchini ilgiga olib, yuzini qiblaga 
qaratgancha: 
— Ey bor Xudoyo, bu urushda menga shahidlikni nasib qilgaysan va bu ulug‘ darajadin 
meni noumid qilmagaysan, — deb duo qilgandin so‘ngra urushga kirib, shahodat topdi. 
Rasululloh: «Buning cho‘loq oyog‘ini to‘g‘ri bosib, jannatda yurganini ko‘rdim», dedilar. 
Yana bu kishining yuqorida aytilmish to‘rt o‘g‘lining biri Hammod dag‘i (ham) shahid 
bo‘ldi. Buning qayin og‘asi Abdulloh ibn Amr ham shahid bo‘lmish edi. Amr ibn 
Jamuhning xotini Hind ham boshqa bir necha sahoba xotunlari bilan urush maydonida 
chanqagan askarga suv berib turmoqda edilar. Bu xotun ko‘rdikim, oilasidan uch kishi 
shahid bo‘libdur — eri Amr, o‘g‘li Hammod, qarindoshi Abdulloh. Bu shahidlarni bir 
tuyaga yuklab, Madina mozoriga ko‘mmoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqdi. Buning oldidan 
onamiz Oisha bir necha xotunlar bilan qarshi keldilar. Urush xabarini so‘rab, qo‘shinning 
qayg‘uli holini angladilar. Hammalari qattiq qayg‘urishgan bo‘lsa ham, Rasulullohning 
salomatliklarini onglab, boshqa musibatlardin tasalli topdilar. Shundoq qilib, bulardin 
ajragandin so‘ngra Madina sari tuyani yetaklamoqchi bo‘lgan edi, tuya cho‘kib olib, ul 
yoqqa yurishdan bosh tortdi. Agar Madinaga qarab yetaklasa, to‘xtamay Uhudga qarab 
sudrab ketar edi. Buni ko‘rib ul xotun shu ishdan Rasulullohga xabar berdi. Anda 
Rasululloh aytdilar: 
— U tuya yurmakka qandoq yo‘l topa olgaykim, Xudo tarafidin yurmasga 
buyurilmishdur. Uhud shahidlarining qabrlari ana shu yerda bo‘lishi lozimdur, — deb 
tuyani qaytarib keltirmoqqa buyurdilar. 
Hazrati Huzayfaning otasi Yamon va Sobit ibn Vaqsh, bu ikki kishini Madinada qo‘rg‘on 
ichiga qo‘yilgan xotun, bolalarga bosh qilib qoldirgan edilar. Chunki bularga qarilik 
yetgan, har ikkovlari kuch-quvvatdan ketgan kishilar edi. Birovlari turib, aytdilarkim: 
«Hoy, falonchi, ikkovimizdan agar umrimiz qolgan bo‘lsa, eshak suv ichib qongunchalik 
fursatimiz qolgandur. Shunchalik arzimagan umrimizni ayab, o‘limdan qo‘rqib, shahidlik 
darajasidan quruq qolmaylik, yigitligimizda havasga chopgan qilichlarimizni bugungi 
kunda Xudo yo‘lida ham chopib ko‘raylik» deb qilichlarini oldilar. Urush maydoniga borib, 
musulmonlarga qo‘shila olmasdan, kofirlar saflariga aralashib qolib, alarga qilich soldilar. 
Xudodan o‘zlari tilaganlaridek, har ikkovlari ham shahidlik darajasini topdilar, raziyallohu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin