Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Endi ruhning shu ko‘rishini tush, deb aytilur. Ruh har qancha yorug‘, musaffo bo‘lsa, 
ko‘rgan tushlari shuncha yorug‘, to‘g‘ri chiqar. Misoli bir ko‘zgudirkim, aksni to‘g‘ri 
ko‘rsatish uchun uning sayqali safolik, dog‘siz, yuzi silliq, tekis bo‘lishi shartdir. Ko‘rilgan 
tushlar rahmoniy va shaytoniy bo‘lib, ikkiga ajraydi. Rahmoniy tushlarning haqiqatligida 
hech shak yo‘qdur. Chunki Payg‘ambarimiz aytdilar: «Mendin keyin vahiy kelishi 
to‘xtatilib, ilmi g‘oyib eshigi yopilur. Lekin taqvolik, pok kishilarning ko‘rgan tushlari 
vahiy namunasi bo‘lib, to‘g‘ri kelur». Ya’ni, rahmoniy tushlar esa g‘oyibiy hodisalarga 
ishorat bo‘lur, dedilar. Shuning uchun payg‘ambarlar, avliyolar, taqvolik olimlar, solih, 
mo‘min bandalarning ko‘rgan tushlari albatta haqdur. Qur’oni karimda hazrati Yusuf 
alayhissalomning yoshligida ko‘rgan tushlarining to‘g‘ri chiqishi bunga ochiq dalildur. Har 
odam o‘z umri ichida bir necha to‘g‘ri tushlar ko‘rishi ma’lumdir. Bu haqiqatga hech kim 
inkor qilolmas. Demak, Payg‘ambarimiz deganlaridek, vahiy uzilgandin so‘ng, g‘oyibni 
bilishga solih kishilar ko‘rgan tushlardin boshqa yo‘l yo‘qdur. 
Mana shu g‘oyibdin xabar beruvchi ruh, Almiysoq kunida «Alastu birobbikum» savoliga 
«Qoluv balo» javobini bergan shu ruhdur. Alloh taolo almiysoqdagi ahdini shu ruhlardin 
olmishdur. Oxirat kunida hisob-kitob berguvchi, jannat-do‘zaxga tushguvchi ana shu 
ruhlik insondur. Hammaga ma’lumki, kishi tushida har xil narsalarni, o‘lik-tiriklarni 
ko‘rgay. O‘ylab ko‘raylik, ko‘rguvchi, ko‘rinuvchi kimdur? Albatta, shular arvohlardur. 
Buni ham bilmak kerakkim, din ishlarida, tabiat usti masalalarida yolg‘izgina aqlga 
suyanmay, bu haqda payg‘ambarlar so‘zlarini asos qilib tutishlik har bir musulmon 
odamga farzdur. Bu olamning sirlariga hech kim payg‘ambarlardek voqif emasdur. Inson 
olamining bilgan narsalari bilmaganlari oldida ulug‘ dengizdin bir tomchi suv misolidadur. 
Mo‘minlarga qandog‘ ulug‘ ne’matdurkim, din ishlarida, g‘oyibiy imonlarida alarning 
yo‘lboshchilari bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarlardur. Bu so‘zlarni yozguvchi faqir, 
boshdin o‘tgan mehnat kunlarimda bir necha ko‘rgan tushlarim bordurkim, ul tushlarim 
esa eng og‘ir ahvolda yotgan kunlarimda Alloh taolo tarafidin bu osiy quliga qilgan 
iltifotlaridin ulug‘ bir ishorat edi. Yana asli so‘zimizga kelaylik. Payg‘ambarimizga bu tush 
ko‘rish davri olti oy miqdori davom etdi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin