www.ziyouz.com kutubxonasi
240
Odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib Islom diniga kirgali turdilar. Bu haqda Nasr surasi tushdi:
— «Iza jaa nasrullohi val-fathu va roaytannasa yadhuluna fi dinillahi afvajan». Ya’ni: Ey
Muhammad, «har qachon Allohdan fath — nusrat kelur bo‘lsa, ko‘rursankim, odamlar
to‘p-to‘p bo‘lishib Islom diniga kirgaylar» demakdur.
Makkaning fath bo‘lgani, Quraysh mushriklarining yengilgani butun Arabistonga tarqalib
ma’lum bo‘ldi. Shu bilan Islom dinining shon-shavkati ko‘tarildi. Barcha arab qabilalariga
qo‘rqinch tushdi. Butparastlik davlati yiqilib, Islom davlati rivojga kirdi. Arab qabilalari
ersa, qaysi biri qo‘rqqanidan, qaysi biri suyganidan dinga kirisha boshladilar. Yolg‘izlanib
toyifliklar va uning atrofidagi Havozin, Saqif qabilalari tushunmaslikdan, o‘jarlik qilishib,
Rasulullohga qarshi urushmoqchi bo‘ldilar. Buning xabari anglangach, ular ustiga yurish
qilib, Islom haybatini ko‘rsatmoq lozim bo‘ldi. Itob ibn Usayd ismli Quraysh raislaridan
yangi musulmon bo‘lgan bir kishini Makka shahriga voliy qilib qo‘ydilar. Bu esa shu
kunlarda yigirma besh yoshli o‘spirin yigit edi. Besh vaqt namozga imom bo‘lish
vazifasini ham unga topshirdilar. Ansor sahobalarning olimlaridan hazrati Mu’oz ibn
Jabalni xalqqa dinni o‘rgatish, Qur’on o‘qitish uchun Makkada qoldirdilar.