HUNAYN G‘AZOTI Makka shahri fath qilingandan keyin Havozin, Saqif qabilalarining raislariga qo‘rqinch
tushdi. Barchalari yig‘ilishib bu haqda kengash to‘plandig‘i tuzdilar. Alar:
— Muhammad ersa o‘z qavmi Quraysh ishidan qo‘li bo‘shandi. Ularning raislari chor-
nochor unga bo‘ysunishdilar. Endi bizning ustimizga kelishdan uni to‘skudek hech narsa
yo‘qdur. Endigi maslahat shuldurkim, Muhammad bosh-oyog‘ini yig‘ib kuch olgunchalik
uning ustiga biz bostirib boraylik, — deyishib shunga to‘xtam qilishdilar.
O‘zlaridan boshqa turlik qabilalardan ularga ko‘p xalq qo‘shildi. Har qabila ustiga o‘z
raislaridan boshliq sayladilar. Butun yig‘ilgan qo‘shin ustiga Havozin raislaridan Molik ibn
Avf degan kishi bosh qo‘mondonlikka tayinlandi. So‘ngra u kishi har bir askar xotin-
bolasini, mol-chorvasini o‘zi bilan birga olib kelsin, deb buyruq chiqardi. Bu kelgan
dushman qabilalari ichida Bani Sa’d qabilasi ham bor edi. Bu ersa Rasulullohning
tug‘ilgandan keyin to‘rt yoshga yetguncha emizib boqqan enagalari Halima xotunning
qabilasi edi. Bular ichida Durayd ibn Simma nomli atoqli zo‘r bahodirlardan bir kishi ham
bor edi.
Lekin bu kishi ersa qarilik vaqti yetib yoshi yuzdan o‘zg‘on, ko‘z ko‘rar nuridan ajrag‘on
edi. Shundoq bo‘lsa ham urush ishidagi tajribasidan foydalanmoq uchun uni birga olib
yurgan edilar. Bu odam askar ichiga kelgandan so‘ngra, bolalar yig‘isini, har xil
hayvonlarning turlik ravishda tovushini qulog‘i eshitib, buning sababi nimadur, deb askar
boshlig‘i Molik ibn Avfdan so‘radi. Bu kishi ersa yoshi o‘ttizdan oshab, kamolga yetgan
kishi edi. Anda ul:
— Dunyoda turgan har kishi uch narsa — joni, oilasi va moli uchun urush qilgay. Mana
shularni saqlamoq uchun eng so‘ngi kuchlari bilan urushurlar deb, har askar safining
orqasiga o‘z xotin-bolalarini, mol-dunyolarini keltirib qo‘ydim. Endi alar hech qachon
bularni tashlab qocholmagaylar. Xotin-bolalarini qo‘riqlab, dushmanga qarshi
o‘lgunlaricha urushgaylar,— dedi.
Buning shu so‘zini anglagach, qari bahodir:
— Hoy kishi, sen askar qo‘mondoni emas, qo‘y-echkilarning cho‘poni ekansan.
Dushmandan yengilib qochgan askar oldini hech narsa to‘sa olmagay. Urush ishi o‘lish
ishidur. Qilich-nayzasini qo‘lidan tushirmay turib, jon bergan askarlargina dushmanni
yenga oladi. Xotin-bola, mol-dunYo qo‘rqqan kishini yo‘lidan qaytara olmagay. Agar
dushmanni yengar bo‘lsak, barchamizning tilagimiz shuldur, unda yaxshi ish bo‘lur edi.