TAY QABILASI ELCHILARI Tay qabilasi elchilarning raislari ersa Zaydulhayl degan kishi edi. Shoirlik, xatiblik,
juvonmardlik, shunga o‘xshash fazl-sharaflar bilan arablar ichida atog‘i chiqqan edi.
Shuning uchun buning haqida Rasululloh aytdilar:
— Ko‘rishmasdan ilgari maqtalgan ko‘p odamlarni ko‘rdim, maqtalganlaridek
chiqmadilar. Ammo Zaydulhayl ersa maqtalgandan ortiqroq chiqdi.
So‘ngra Rasululloh aning qo‘lini tutib:
— Oting nimadur? — deganlarida ul:
— Otim Zaydulhayl. Ashhadu alla ilaha illallohu va annaka abduhu va rasuluh, — deb
darhol iymon keltirdi.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Ey Zaydulhayl, oting Zaydulhayr bo‘lsin, — dedilar.
Boshqa elchilarga besh uqiya (bir uqiya — qirq misqol) kumushdan in’om qildilar ersa,
bu Zaydulhayrga o‘n ikki uqiya kumush sovrun berdilar va o‘zi xohlagan joydan o‘z
mulki uchun yer kesib olmoqqa Rasulullohdan xat oldi. Lekin umri unga vafo qilmay, shu
yo‘lda ketayotib vafot topdi.