FARVA IBN AMRUL-JUZOMIY ELCHISI Bu kishi ersa Rum podshosi Qaysar tarafidan Shom o‘lkasidagi arablar ustiga qo‘yilgan
ulug‘ amirlarning birisi edi.
Rasulullohni ko‘rmasdan turib iymon keltirib, buni bildirish uchun elchi yubormish edi.
Bir ot, bir xachir, bir eshak, yana oltin ziynatlik liboslar qo‘shib Rasulullohga hadya
yubordi. Bu xabarni Rum podshosi Qaysar eshitishi bilan g‘azabi kelib uni keltirib
zindonga solishlarini buyurdi. Ani tutib Qaysarga olib keldilar. Qaysar:
— Agar Muhammad dinidan qaytur ersang, yana o‘z yurtingga podsho qilurman, — deb
aytdi.
Anda ul:
— O‘zing bilursan, Iso payg‘ambar Injilda bashorat bergan oxirzamon payg‘ambari shul
kishi erur. Bu ishda hech shubha yo‘qdur. Baqosiz dunYo davlatiga aldanib, Rasululloh
nomalarini qabul qilmading. Men ersam oxirat ishini ortiq ko‘rdim. To‘rt kunlik dunYo
davlatiga qiziqib dinimdan ajramasman, — dedi.
Shu bilan Qaysar uni zindonga solishga buyurdi. Bir qancha vaqt zindonda yotgandan
so‘ngra qarasalar, yana dinidan hech qaytgudek holi yo‘qdur. Boshqalarga ibrat bo‘lgan
deb oxiri uni dorga osib, shahid qildilar, raziyallohu anhu.