SAKKIZINCHI MO’JIZA Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilur:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qancha askar bilan g‘azot safariga chiqdilar. Bir
manzil yo‘l yurgach, ikki tog‘ oralig‘idagi keng bir joyga kelib tushdik. Rasululloh hojat
qilmoqchi bo‘lib, bir tomonga qarab yurdilar ersa, idishda suv ko‘tarib keyinlaridan
keldim. Yer tekis bo‘lib, yalangligidan kishiga dalda bo‘lg‘udek biror narsa u yerda
ko‘rinmadi. Soyning ikki chetida bir tupdan ikkita daraxt turgan edi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam bu tomondagi bir tup daraxt oldiga bordilar ersa, aning shoxidan tutib:
— Alloh izni bilan yurgil, — deb yetakladilar.
Tuya yetaklagandek uni o‘rtaga keltirdilar. Yana birini ham shunday qilg‘ondan keyin:
— Xudo qudrati bilan qo‘shilinglar, — deganlarida, bu ikki daraxt bir-biriga
chaplashgandek bo‘lib qalinlashdilar.
Rasulullohning odatlari ochiq joyda hojat qilmas edilar. Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rib, Xudo
qudratiga hayron qolib o‘ltirdim. Keyin qarasam, Rasululloh hojatdan bo‘shanmish edilar,
u ikki daraxt ham bir-biridan ajralmish. Muborak boshlari bilan o‘ng va so‘l yoqqa imo
qildilar ersa, har qaysisi o‘z joyiga borib o‘rnashdi».