Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
323
bo‘lib u tuya egalari Rasulullohga arz qildilar:
— Yo Rasulalloh, ishlatib
turgan bir tuyamiz bor edi, ichishga va ekinlarimizga shul tuya
bilan suv tashir edik. Nima bo‘ldiki, fe’li aynab, yaqiniga kishini keltirmaydurgan bo‘lib
qoldi. Xurmo daraxtlarimiz va boshqa ekinlarimiz chanqoqlikdan qurishga yaqinlashdi.
Buni anglab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan tuya bor joyga
keldilar. Rasululloh tuya oldiga bormoqchi bo‘ldilar, anda tuya egalari:
— Yo Rasulalloh, bu ersa quturgan itdek bo‘lmishdur. Sizga hujum qilg‘aymu deb
qo‘rqamiz, — dedilar.
— Yo‘q,
menga hujum qilmas, — deb tuyaga qarab yurdilar.
Tuya Rasulullohni ko‘rgach, darhol kelib oldilariga cho‘kib sajda qildi. Ul jonivor o‘z
holicha tovushini chiqazib bukullab so‘zlagandek bo‘ldi.
Ana Rasululloh:
— Bu tuya sizlardan shikoyat qilur. Ko‘p ishlatib oz yedirur emishsiz. Endi ersa, andog‘
qilmagaysiz, to‘ydirib yediring,
holiga qarab ishlatingiz, — dedilar.
So‘ngra tuyani tutib egasiga topshirib edilar, burungidan ham yuvoshroq bo‘lib, hech
qanday qarshilik qilmadi. Buni ko‘rgan tuya egalari:
— Yo Rasulalloh, bu ersa aqli yo‘q hayvon bo‘laturib sizga sajda qildi.
Biz aqllik insonlar
nechukdirkim sizga sajda qilmagaymiz, ruxsat bering sizga sajda qilaylik, — dedilar.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
Maxluqqa sajda
qilmoq durust emasdur, balki mahluqlar o‘z holiqlariga sajda qilurlar.
Agar mahluqqa sajda qilmoq ravo bo‘lur edi, xotunlar o‘z erlariga sajda qilur edilar, —
dedilar.
Erlarning haqlari xotinlari ustida naqadar ulug‘ ekanligi bu hadisdan ma’lum bo‘lsa ham,
lekin sajdaga loyiq bo‘lguvchi erlar esa xotunlarning dunyolik,
oxiratlik haqlarini
qoldirmay bajarib turuvchi erlardir.
Dostları ilə paylaş: