Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
327
— Nima hojating bor? — deb so‘radilar.
Anda kiyik:
— Yo Rasulalloh, shul yotgan a’robiy
meni ov qilib oldi, emizib turgan ikki bolam bor edi,
ular shul tog‘ ichida qoldi. Meni bo‘shatib qo‘ysangiz,
ularni emizib darhol qaytib
kelurman. Agar qaytib kelmas ersam, Alloh taolo zolimlar
azobidek meni azob qilsin, —
dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rahmlari kelib, kiyikni bo‘shatib yuborib,
qarab
turdilar. Xiyol o‘tmay kiyik qaytib keldi. Rasululloh uni burungidek qilib
bog‘layotganlarida ovchi a’robiy uyg‘onib qoldi. Qarasa,
Rasululloh kiyik oldida
turibdurlar. Bu a’robiy iymon keltirgan kishilardan edi. Anda ul hayron bo‘lib:
— Yo Rasulalloh,
biror hojatingiz bormidur, bu joyga kelib qolibsiz, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Ushbu kiyikni
ozod qilib yuborur ersang, mening hojatim shuldur, — dedilar.
A’robiy bu so‘zni anglashi bilan darrov turib kiyikni bo‘shatib yubordi. Aning qo‘lidan
bo‘shangan bu kiyik ochiq til bilan: «La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh», deb
qayta-qayta takrorlaganicha chopib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Bu mo’jizani rivoyat qiluvchi Zayd ibn Arqam shunday aytur:
— Alloh
oti birla qasam qilurmankim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, shu qulog‘im bilan
eshitdim, bu kiyik sahroda chopganicha shu kalimani to‘xtamay aytdi».
Dostları ilə paylaş: