www.ziyouz.com kutubxonasi
325
YIGIRMANCHI MO’JIZA Voqea shuldurkim, Xaybar shahrini fath qilgandan so‘ngra yahudlardan ko‘p mol o‘lja
oldilar. Rasulullohga tushgan mollarda bir qora eshak ham bor edi. Kishi bilan
so‘zlagandek aning bilan Rasululloh so‘zlashdilar.
— Noming nimadur? — deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, nomim Yazid ibn Shahob.
Alloh taolo mening bobom naslidin oltmish atog‘liq eshak chiqarmishdur. Ularning hech
birini payg‘ambarlardan boshqa kishilar minmagan ekandur. Meni ham oxirzamon
payg‘ambari minsa kerak deb umid qilar edim. Aning uchunkim, endi dunyoga sizdan
o‘zga payg‘ambar kelishi yo‘qdur. Menim bobom naslidan ersa mendan boshqa
qolmagandur. Sizdan ilgari menga bir yahud ega bo‘lmish edi. Ul meni qachon minar
ersa, jo‘rttaga qoqilib yiqilur erdim. U ham meni urib so‘kib, och qo‘yib ishlatur erdi, —
dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aning otini Ya’fur qo‘ydilar. Sahobalardan kishi
chaqirmoq bo‘lsalar, uni yuborur edilar. Ul boshi bilan eshikni qoqib, Rasulullohning
chorlaganini ishorat bilan bildirur edi.
Rasululloh vafotlaridan Ya’fur qattiq qayg‘urdi. Judolikka chidayolmay, o‘zini bir quduqqa
tashlab halok bo‘ldi.
Bu so‘zni ulug‘ muarrihlardan Ibn Asokir degan kishi Ibn Munzir degan sahobadan
rivoyat qilmishdur.