O‘N OLTINCHI MO’JIZA Ya’lo ibn Murra degan sahobadan rivoyat qilinur:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Madina atrofida jihod safariga chiqdik. Yo‘lda
ketayotganimizda bir kishi yetaklagan yuklik tuyaga uchradik. U tuya Rasulullohga qarab
bo‘ynini tuban solib bir munglig‘ tovush bilan so‘zladi.
Rasululloh to‘xtab:
— Buning egasi kimdur, chaqiringlar, — deb buyurdilar.
Egasi kelgach:
— Menga sotgil, — dedilar.
Alar aytdi:
— Yo Rasulalloh, buni sizga hadya qilur edik, biroq bir oilaning shundan boshqa moli
yo‘qdur, shu tuya bilan tirikchilik o‘tkazurlar.
Anda Rasululloh aytdilar:
— Andog‘ ersa tuya o‘zingizda qolsin. Bu ersa menga shikoyat qildi, ovqatni oz berib
yumushni ko‘p qildirur ekansiz. Endi bu tuyaga yaxshilik qilinglar, ishni oz qildirib,
ovqatni ko‘p to‘ydirib beringlar.
Alar ham;
— Shundog‘ qilg‘aymiz, — deb va’da berishdi».