Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
anhum. Birlari mushriklar qo‘li bilan o‘ldirilgan bo‘lsa ham, ikkinchilari urush 
to‘polonchiligida payqalmasdan Islom qilichlari ostida qolib, shahid bo‘ldi, Xudo yo‘lida 
bo‘lgandin keyin, har qandoq sabablar bilan o‘lgan bo‘lsa ham, mo‘minlarning shahodat 
topishida hech shak yo‘qdur. Chunki bandaning dunyodagi barcha qilgan ishlari aning 
niyatga bog‘liqdur. «Innamal a’malu binniyyati», ya’ni «Bandaning har bir qilgan ishlari 
uning niyatiga qarab bo‘lur», degan payg‘ambarimizning so‘zlari ochiq dalildur. Bu 
kishining o‘g‘li Huzayfa ko‘rdikim otasi Yamon tanilmasdin musulmonlar tomonidan 
o‘ldirilmishdur. Bu ishdin bek g‘amgin bo‘lib, buning hukmini Rasulullohdin kelib so‘radi. 
Rasululloh aning shahodat topganini bildirdilar. Shundoq bo‘lsa ham, yana xazinadan 
xun to‘lab, mol bermoqchi bo‘ldilar. Anda Huzayfa: 
— YO Rasulalloh, Xudo yo‘lida otam jonini qurbon qildi, men aning qon-molini 
musulmonlarga sadaqa qilib, alarga bag‘ishladim, — dedi. Bu so‘zdin Rasululloh ko‘p rozi 
bo‘ldilar. 
Huzayfa, raziyallohu anhudan bir necha hikmatlik va ibratlik so‘zlar aytilmishdur. Alardin 
biri shul edikim, andin so‘radilar: 
— Tiriklar o‘ligi kimdur? 
Anda ul aytdi: 
— Tiriklar o‘ligi ul kishidurkim, bir nohaq ishni ko‘rib turib, sukut qilgay, ul ishga qo‘li 
bilan yoki tili bilan qarshilik qila olmagay, hech bo‘lmaganda ko‘ngli bilan bo‘lsa ham, ul 
ishga norozilik nafratini bildirmagay. 
Shuning uchun Payg‘ambarimiz aytdilar: 
— Agar bir kishi shariat harom qilgan narsani, ishni ko‘rsa, albatta, ul ishga qo‘li bilan 
qarshi tursin. Agar bunga qudrati yetmasa, tili bilan qaytarsin, bunga ham yaray 
olmasa, hech bo‘lmasa ko‘ngli bilan norozi bo‘lsin. Bu so‘ngisi — iymonning eng kuchsiz 
bo‘lishidandur. 
Agar ko‘ngli bilan ham ul ishga norozi bo‘lganin sezmas ersa, bundin Alloh saqlasinkim, 
bu ish iymonsiz kishilarning belgisidur. Dinsizlik, dahriylik ofati tarqalmish joylarda, 
yuqorigi hadisi sharifda yozilgan uch darajaning birinchi, ikkinchilarining yo‘qolganida 
hech shak yo‘qdur. Endi, uchinchi darajalik musulmonlarga kelsak, bularning topilishlari 
ham sanoqlidur. Bu ish esa, shu kunlardagi dahriy hokimiyati ostida jon talashib 
kelayotgan, chin, haqiqiy mo‘minlarga ochiq ma’lumdur. Ko‘zlarimiz ko‘rib, quloqlarimiz 
eshitgandin keyin, bu so‘zlarni yozdim. 
Yana o‘z maqsadimizga kelaylik. Abu Sufyon xotuni Hind Utba qizi o‘ziga o‘xshash bir 
necha shoira xotunlar bilan she’r o‘qib, urush qizdirmoq uchun Makkadin chiqqanligi bu 
so‘z boshida yozilmish edi. Bu shoira xotun Uhud urushida musulmonlarni yengib, 
kofirlar g‘alaba qozonligini ko‘rdi. 
Hazrati Hamza boshliq yetmish necha kishi musulmonlardin shahid edilar. Alarning 
muborak jasadlari qonlariga bo‘yalib, maydon ichida yotmish edi. «Agar 
dushmanlarimizni yengsak, alarning quloq-burunlarini kesib bo‘ynimga taqurman», — 
deb bu xotun ont ichgan edi. Shu qilgan ahdini bajarish uchun musulmonlarning 
o‘liklarini oralab, alarning quloq-burunlarini kesib, munchoq o‘rnida bo‘yinlariga taqdi. 
Hind xotun amir Hamzaning qornini yorib, bag‘rini chiqazib chaynadi. Lekin uni yuta 
olmay, og‘zidan purkib tashladi. Xotunning bundoq qilgani ersa, ul o‘ziga ahd qilmish 
edikim, — «agar Hamza qo‘limga xoh tirik xoh o‘lik tushar bo‘lsa, uning bag‘rini 
(yuragini) chaynab yegayman» — deb. Mana shu qilgan ahdiga vafo qilib, uni chaynab 
yutmoqchi bo‘ldi. 
Rasululloh buni eshitib — «Alloh taolo Hamzaning jasadini do‘zax o‘tiga harom 
qilmishdur, aning vujudidan hech narsani do‘zax o‘ti kuydirolmagay. Agar ul xotun 
chaynagan Hamza jigarini yutgan bo‘lsa edi, buning hurmatidan do‘zax o‘tida kuyishdan 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin