www.ziyouz.com kutubxonasi
387
ijobat bo‘lib, ofat va balolardan omonda bo‘lg‘aylar. Shu
haqda aytilmish alarning
xosiyatlari mo’tabar, ulug‘ hadis kitoblarda yozilmish, va’dalari tajriba qilinmishdur.
Ey fazli karamlik, rahmon,
rahim sifatlik, mehribon Rabbim! Bu kitobda nomlari yozilgan
yaxshi bandalarning haqqi-hurmati, men g‘arib qulingni yolg‘onchi qilmagil,
o‘qiguvchilarni
ofat va balolardan asrab, iymonlarini salomat saqlab, oxiratlarini obod
qilgil. Mendan keyin avlod-nasllarim haq yo‘ldan adashib,
Rasululloh oldida xijolatga
qo‘ymagil. Bularning dinlarini, dunyolarini, oxiratlarini o‘zingga omonat topshirdim.
Bu kitobimni yomon ko‘zdan, yomon qo‘llardan saqlab,
qiyomatgacha bundan
foydalanishni Muhammad ummatiga nasib qilgil.
Ey bor Xudoyo, Muhammad ummatini rahmat qil, ularni balodan qutqargil.
Abadiy-azaliy
ilming sig‘dirganicha Rasulullohga va uning ahli baytlariga, ashoblariga bizdan salavot va
salomlarimizni yetkurgil. Omin.
Hijriy 1380-yil Ramazon oyining 26-kunida
Toshkent shahri, «Kohota» mahallasida bu
kitobni oqqa ko‘chirdim.
Ushbu kitobni online o'qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=436.0
Kitobni forum uchun
Doniyor va Laylo tayyorlagan.
www.ziyouz.com
2007