Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
316
— Yo Rasulalloh, uyqungiz buzilmasin deb qimirlamasdan o‘ltirdim. Namoz vaqti o‘tdi,
o‘qiyolmay qoldim, — dedi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
—
Ey bor Xudoyo, agar Ali sening xizmating va mening xizmatim uchun o‘ltirgan bo‘la,
botgan quyoshni qaytarg‘il, namozini o‘qib olsin, — dedilar ersa,
darhol lop etib kun
chiqdi. Hazrati Ali namozini o‘qib bo‘lishi bilan kun botib, qorong‘ulik bosdi.
Bundog‘ ishlarning bo‘lishi Xudo qudratiga qaralsa hech narsa emasdur.
Oy-kunlarning
chiqishi, botishi Alloh amri bilan bo‘lur. O‘n sakkiz ming olamda aning hukmidan tashqari
qilchalik ish yo‘qdur. Ishondik,
iymon keltirdik, ey rabbim, iymonimizni mangulik qil.
Omin!
Dostları ilə paylaş: