www.ziyouz.com kutubxonasi
362
dahshatlik musibatning birdaniga bo‘lib qolishi musulmonlarni qattiq qo‘rqitmish edi.
Shundoq bo‘lsa ham hazrati Abu Bakr Siddiqning tadbiri ostida bu dahshatlik musibatni
tinchlik bilan o‘tkaza oldilar.
Hammadan ilgari Rasulullohni o‘rinlariga xalifa tayinlash zarur ekanini eslatdilar. Chunki
Madina munofiqlari orqali ichki va tashqi dushmanlar bu dahshatlik voqeadan foydalanib
qolishlari mumkin edi. Shuning uchun hammadan burun bu ishga kirishdilar. Darhol Abu
Bakr Siddiq dahshat bosib turgan xalq ichidan turib minbarga chiqdilar. Rasulullohdan
keyingi eng kuchli notiqlardan edilar. Maqomga, ahvolga loyiqlab hamd-sanodan keyin
shunday dedilar:
— Ey odamlar! Har kim Muhammadga ibodat qilib, uning bandasi bo‘lsa, bilsinkim,
Muhammad o‘ldi. Agar Allohga ibodat qilib, Allohning bandasi bo‘lsa, Alloh o‘lgani yo‘q, u
doim tirikdur. Alloh Qur’onda aytgan: «Vama Muhammadun illa rasulun qod xalat min
qoblihir rusulu afain mata av qutilan qalabtum ala a’qobikum va man yanqolib ala
aqibayhi falan yazzurraloha shay’an vasayajzillohush-shokirin».
Ya’ni «Muhammad bir insondan chiqqan payg‘ambardur. Mundan ilgari ham
payg‘ambarlar o‘tganlar. Shunga o‘xshab bu ham o‘tadi. Agar Muhammad o‘lsa yoki
o‘ldirilsa, yana orqanglarga qaytib kofir bo‘lasizlarmi? Kim dinidan qaytar ekan, uning
ziyoni o‘ziga bo‘ladi. Allohga zarar yetkaza olmaydi. Kim dinini saqlab, uning qadrini bilar
ekan, Alloh ajrini beradi».
Xudo Qur’onda xabar bermishdur: «Innaka mayyitun va innahum mayyituna».
Ya’ni «(Ey Muhammad,) sen ham o‘lursan, sendan ilgarigi payg‘ambarlar ham
o‘lganlar». Yana Qur’onda aytgan: «Kulli shay’in holikun illa vajhahu lahul hukmu va
ilayhi turja’una».
Ya’ni: «Allohdan o‘zga hamma narsa halok bo‘ladur. Hukmi aningdur, Allohga
qaytasizlar». Yana aytgan: «Kullu man alayha fanin va yabqo vajhu robbika zuljalali val
ikromi».
Ya’ni: «Er ustidagi barcha narsa foniy bo‘lur, izzat-hurmat egasi bo‘lgan yolg‘iz Alloh
qolur». Yana Qur’onda kelgan: «Kullu nafsin zoiqatul mavti va innama tuvaffavna
ujurokum yavmal qiyomati». Ya’ni: «Har bir jonlik narsa o‘lim sharbatini tatiydi, ajr-
savoblari tamomi ila qiyomat kun beriladi».
To‘rt yorning boshlig‘i, Rasulullohning eng yaqin ko‘rgan do‘sti va qaynotalari Abu Bakr
Siddiqdan bu ta’sirlik so‘zlarni eshitgandan so‘ngra, dahshat bosib, hayronlikda turgan
kishilarning hushlari o‘zlariga kelib, ko‘zlari ochildi.
Hazrati Umar:
— Shu yuqoridagi oyatlarni Qur’ondan o‘qib yurgan bo‘lsam ham, musibat dahshati
bosganlikdan buni hech ko‘rmagan, o‘qimagandek bo‘lib qolgan ekanman. Qachon Abu
Bakr Siddiq muni minbar ustida o‘qidilar ersa, shunda hushim o‘zimga kelib: «Inna lillahi
va inna ilayhi roji’un»ni o‘qib o‘zimga tasalli berdim.
Imom Buxoriy rivoyat qilibdur:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot topganlarida, qizlari hazrati Fotima arab
xotinlari odatlaricha shu so‘zlarni aytib yig‘ladilar: «Xudo chaqirib ketgan voy otam,
jannatdan o‘rin olgan voy otam, Jabroilga xabari yetgan voy otam, Xudodan yaxshilik
topgay voy otam».
Rasulullohdan keyin olti oygina umr ko‘rib, so‘ngra vafot topmish edi. Shu muddat
ichida, olti oy o‘tguncha, hech bir kulmagan ekan. Raziyallohu anhu.
Hazrat Ali aytadurlar:
— Rasulullohning ruhlarini qabz qilg‘ondan so‘ngra hazrati Azroil yig‘laganicha osmonga
chiqdi. Xudo haqqi osmondan «Vo Muhammadoh» deb yig‘lagan ovoz sadosini eshitdim.
Bu ersa hazrati Alining karomatidur.