Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
— Sizlarning so‘zinglar to‘g‘ridur, boshqalar xato so‘zladi, bezormiz bunday ahdnomadan 
va uning ichida yozilgan shartlaridin, — dedi. Eng oxirida Hishom ibn Amr ham ular 
so‘zlarini quvvatlab chiqdi. Quraysh raislaridin bo‘lgan bu olti nafar odam tarafidin 
qilingan bu hujumni ko‘rib, Abu Jahl hayronlik ila:  
— Hoy, bu ish bu joydin boshqa bir o‘rinda ilgariyoq tayyorlangan ekan, yo‘q ersa olti 
odamning so‘zi bir o‘qdek otilmas edi, — deb sukutga majbur bo‘ldi. Abu Tolib bu ishning 
natijasini kutib bir chetda o‘tirgan edi, aning oldiga Payg‘ambarimiz kelib dedilarkim: 
— Birodarim Jabroil shundog‘ aytur: «Alarning Baytulloh ichiga osgan ahdnoma xatlarini 
Alloh ismidin boshqa harflarini araza degan yog‘och qurti tamom yeb bitiribdur.  
Abu Tolib bu so‘zni eshitishi hamon so‘z bo‘lib turgan majlis ustiga kelib:  
Ey Quraysh xalqi, shu hozirda qarindoshim o‘g‘li Muhammad, bu sahiyfaning, Alloh 
harflari yozilgan joyidin boshqa yerlarini butunlay araza qurti yeb qo‘ydi, deydur. Endi 
ishimiz osonlashdi, borib ko‘raylik, agar Muhammad aytgani to‘g‘ri chiqsa, bu ahdnoma 
shu kundin boshlab buzulgani bo‘lsin, agar so‘zi to‘g‘ri chiqmay qolsa, anda o‘z qo‘lim 
bilan Muhammadni ushlab, sizlarga topshiray, — dedi. 
So‘ngra Mut’im ibn Adiy sahiyfani olib, yirtib tashlash uchun o‘rnidan turdi. Kelib qarasa
xat boshiga yozilgan «Bismikallohumma» bor joydin boshqasini qurt yeb qo‘yibdur, 
yolg‘izgina shu harflarning o‘rni osilganicha turibdur. Bu qandog‘ qudratdurkim, sahiyfa 
ahdnomasini buzishga kirishgan bu olti kishi ichida birortasi bo‘lsin hali Islomni qabul 
qilmagan edi. Balki barchalari bu ahdnomani tuzishga qatnashgan Quraysh raislari 
edilar, Allohning irodasi bo‘lib edi, alarning o‘z qo‘llari bilan yozib, buzulmaslik uchun 
Baytulloh ichiga osishgan ahdnomalarini yana o‘zlariga yirtkazdi va bu sahiyfada ikki 
turlik mo‘jiza ko‘rsatdi. Biri — Payg‘ambarimizning bergan xabarlari to‘g‘ri chiqishidur. 
Ikkinchisi shuki, araza qurti nohaq zulm so‘zlar yozilgan joylarini butunlay yeb, 
«Bismikallohumma...» yozilgan joylarining o‘zigina qolishidur. Mana shunchalik oshkora 
mo‘jiza ko‘rib tursalar ham, yana ularning toshdek qotgan ko‘ngillari yumshamadi. 
Shuning bilan har holda sahiyfa balosi musulmonlar boshlaridin ko‘tarilib, qamalib 
yotgan jilg‘a ichidin chiqdilar. Bu voqea ersa, tarixiy kitoblarda ulug‘ bir voqealardin 
sanalur. 
Payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolib, yuqorigi olti nafar odamning bu haqda qilgan 
xizmatlarini taqdirlab, bu ne’matning shukronasi uchun arablar odaticha uzun bir qasida 
aytib, alarni ta’rif-tavsif qilgan bu she’rlari siyrat kitoblarida mashhurdir. Bu voqeadin 
keyin musulmonlar yana xalqqa aralashib, tirikchilik aloqasida bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz 
ham sekinlik bilan xalqni dinga da’vat qilishda davom etdilar. Quraysh mushriklari buni 
to‘sishga boshqa hech chora topisholmay, atrof arablaridin kelgan kishilarni mumkin 
qadar Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishtirmaslik yo‘liga kirishdilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin