Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
bilan qilmadim», deb alarga uzr aytdi. Qancha aytsa ham mushrik raislari buning so‘ziga 
ishonmadilar. Anda Ubay ibn Xalaf: «Muhammadni ko‘rganingda, aning yuziga tupirib, 
bo‘ynini bosib, yuzini yerga sursang, shundagina so‘zingga ishonamiz, yo‘q ersa, sening 
yuzingga boqishni ko‘zimga harom qildim», deb ont ichdi. Haqiqatda esa, aning 
ko‘ngliga iymon nuri kirmagan edi. Shuning uchun bir kuni Rasululloh Ka’ba oldida 
namoz o‘qib, sajda qilgan chog‘larida, do‘sti topshirgan shu beadabsizlikni ijro qildi. 
Ammo Rasululloh namozni buzmadilar, namoz o‘tagan so‘ngida anga qarab: 
— Agar seni Haramning tashqarisida ko‘rar bo‘lsam, boshing uzra qilich ko‘tarurman, — 
deb nubuvat nuri bilan, shu kungi holiga ishorat qildilar. So‘ngra u sahobalardin Osim 
ibn Sobitga topshirilib, bo‘yni uzildi. So‘ngra Rasululloh asirlarni soqchilarga topshirdilar. 
O‘zlari bir muncha sahobalar bilan ilgarilab, Madinaga yurdilar. Ulardan bir-ikki kun 
ilgariroq Madina shahriga yetdilar. Hammadin ilgari boshiga bir chora ko‘targan yahud 
xotini Rasulullohni qarshi oldi. Qarasalar chora ichida qovurilib, pishirilgan qo‘zi go‘shti 
bor edi. Ul xotun: 
— Ey Muhammad, alhamdulilloh, seni salomat ko‘rdim, agar Muhammad shu safardin 
salomat qaytsa, Xudo yo‘lida bir qo‘zi so‘yib, pishirayin, el oldi bilan qarshi olib, shu 
taomdin yegizay, deb o‘zimga nazr qilib qo‘ygan edim. Mana, maqsadimga yetdim, Xudo 
murodimni berdi, — deb chorasi bilan qo‘zi etini keltirib, Rasululloh oldilariga qo‘ydi. 
Tangrining qudrati bilan choradagi qo‘zi go‘shti shu holda tilga keldi: 
— Ey Muhammad, men og‘ulanmush erurman, bu xotun zahar qo‘shib, meni pishirdi, 
zinhor mendin yemagaysiz, — deb o‘zidan xabar berdi. 
Alloh amri bilan bundoq mo‘jiza ko‘rilgach, u xotunning xiyonati ma’lum bo‘lib, 
Rasululloh aning taomidan yemadilar. Ammo bu to‘g‘rida ul xotundin so‘z ham 
so‘ramadilar. Shu bilan Rasululloh Madinaga yaqinlashib kelganlarida, katta-kichik butun 
xalq to‘sib chiqishdi. Cho‘rilar, yosh qizlar o‘z odatlaricha, childirmalar chalib, shodlik 
qo‘shiqlari aytishur edi. Shundoq bo‘lib, tabrik marosimlari suyunchilik bilan o‘tkazildi. 
Mo‘minlarga qandoq suyunchilik bo‘ldi ersa, Quraysh mushriklari Badrda yengilib, Makka 
shahriga borganlaridan so‘ngra motam tutmagan uy qolmay, qattiq qayg‘urishdilar. 
Johiliyat odatlaricha, eru xotin demay, yig‘i-zori qilgani turishdi. Urushda o‘lganlarning 
xotinlari, yaqin qarindoshlari motam belgisi qilib, soch-soqollarini kesdilar. O‘lganning 
mingan oti yoki tuyasi qolgan bo‘lsa, shularga qora kiydirib, yopug‘lab o‘rtaga qo‘yilur 
edi. Qop-qora motam libosini kiyishgan xotun-qizlar bular atrofida aylanib, novha birlan 
yig‘lashur edi. Mana shundoq qattiq motam tutishib, bir oy o‘tkazdilar. So‘ngra o‘zaro bu 
motam yig‘isini qilmasga maslahat qilishdi. Chunki Muhammad va uning yo‘ldoshlari 
buni eshitur bo‘lsalar, alarga suyunchilik bo‘lg‘ay, endi bizlar qonga qon, jonga-jon olib, 
o‘lganlar o‘chini olmaguncha, alarga yig‘lamagaymiz, deb qaror qildilar. Shuning bilan 
yig‘ilari to‘xtatildi. 
Rasululloh bo‘lsalar, Madina shahriga kirib, orom oldilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin