Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
Shu qaytishlarida bir mo’jizalik voqea paydo bo‘ldi. Shundoq erdikim, qalin tikan 
daraxtlik bir manzilga kelib tushgan edilar. Yoz mavsumi bo‘lib, kun issig‘i nihoyatiga 
yetgan edi. Butun askar soya joy izlashib, daraxtlar tublariga tarqaldilar. Shu orada 
payg‘ambarimiz o‘zlari ham yolg‘iz bir daraxt ostida yotib ko‘zlari uyquga ketdi. Bir 
qabila mushrik arablar buni payqab turishgan edi. Rasulullohning yolg‘iz yotganlarini 
alardin birovi ko‘rdi. G‘avras nomlik raislari alarga aytdikim: «Bundoq ish payti kishiga 
kam uchragay, maslahat shul kim, bu fursatni o‘tkazmasdin, yashirincha o‘zim ul joyga 
borib, Muhammadni o‘ldirgayman, aning tashvishidan butun xalq qutulg‘ay», deb hech 
kimga sezdirmasdin tog‘din tushdi. U o‘rmalab, yashirinib yurib-o‘ltirib, Rasulullohning 
ustilariga kelib, qilichini sug‘urgan chog‘da, uyg‘onib qoldilar, qarasalar qilichi yalang bir 
kishi chopgali turibdur.  
G‘avras:  
— Ey Muhammad, endi seni mening qo‘limdan kim qutqaza oladi? — dedi.  
Anda Rasululloh:  
Alloh qutqazgay, — deb uch qayta aytdilar. Darhol qo‘li tutmas bo‘lib, qilichi yerga 
tushdi. 
Rasululloh darhol qilichini qo‘llariga olib:  
— Endi seni kim qutqazgay? — dedilar.  
Anda ul:  
— Seni fazli-karaming qutqazgay, yo‘q esa boshqa meni qutqazguvchi qolmadi, — dedi.  
Anda Rasululloh: 
— Shahodat aytgil, o‘limdan qutulursan, — dedilar.  
Anda ul:  
— Shul holda shahodat aytsam, o‘limdan qo‘rqib aytgan bo‘lurman, ammo ahd qilib 
va’da berurmankim, ikkinchi senga qarshilik qilib, senga qarshi chiqqan qo‘shinga 
qo‘shilmagayman, — deb afv so‘radi. Rasululloh aning gunohini o‘tdilar. 
So‘ngra ul odam o‘z qabilasi borgach:  
— Bu dunyoda eng yaxshi odam oldidan keldim, albatta uning tutgan yo‘li yaxshi bo‘lsa 
kerak,— deb ular oldida iymon kalimasini aytib musulmon bo‘ldi. Buni ko‘rib butun 
qabilasi ham Islom diniga kirdilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin