Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

BANIL MUSTALIQ G‘AZOTI 
Bu voqea shundoq erdikim, shu qabilaning raisi Horis ibn Zarror Uhud urushida Quraysh 
mushriklariga yordam berib, Rasulullohga qarshi urushgan edi. Shundagi g‘olibiyatga 
mag‘rur bo‘lib, o‘z qabilasidan boshqa arablardan kuchlik bir qo‘shin qurib, Rasulullohga 
qarshi urush ochmoqchi bo‘ldi. Rasululloh bu xabarni eshitgach, buni aniqlash uchun 
yashirincha Burayda sahobani yubordilar. Aniqligi ma’lum bo‘lgach, muhojir ansorlardin 
yetarlik askar tuzib, yo‘lga chiqdilar. Bu safarda munofiqlar raisi Abdulloh ibn Ubay ibn 
Salul boshliq bir muncha kishilar ham bor edi. Bu safardin g‘arazlari ersa, agar 
musulmonlar yengsalar, o‘ljalik bo‘lib, mol topish, agar yengilur bo‘lsalar, Islomga qarshi 
ish ko‘rish edi. Bularning maqsadlari Rasulullohga ma’lum bo‘lsa ham, murosa uchun 
sabr qildilar. Ketayotganlarida dushman tomonidan yuborilgan josus qo‘lga tushdi. 
Dushman holini andin Rasululloh so‘rab edilar, ochiq aytgani unamay, so‘zga kelmadi. 
Iymon arza qilsalar, qabul qilmadi. Boshqa chorasi bo‘lmagach, uni o‘limga buyurdilar. 
Ikkinchi manzilda Abdul Qays qabilasidan bir kishi kelib, Rasulullohga salom berdi. 
Rasululloh:  
— Qaydin kelding, qayon borursan? — deb andin so‘radilar. 
U ersa:  
— Joyim Ruhodadir, siz keltirgan islom dinini haq bilib, iymon keltirgani keldim, — dedi.  
Buni anglab, Rasululloh Xudoga hamdu-sano aytib, bek suyundilar. So‘ngra ul odam: 
— Yo Rasulalloh, iymon keltirgandin keyin, mo‘min kishiga qaysi ish qilish hammadan 
yaxshiroqdur? — deb so‘radi. 
Anda Rasululloh aytdilar:  
— Namoz vaqti kirishi bilan ta’xir qilmay, (kechiktirmay), o‘tashdur.  
Bu so‘zni anglagach, ul odam umri boricha namozni avvali vaqtida o‘qishni o‘ziga lozim 
tutdi. 
So‘ngra dushmanlar raisi Xoris ibn Zarrorga xabar yetdikim, aning yuborgan josusi 
ushlanib, o‘ldirilmishdir. Bundin yomon fol olib, ko‘ngliga qo‘rqinch tushdi. Askar ichida 
ham har xil vahimalik so‘zlar paydo bo‘lib, shu bahona bilan birmunchalari tarqalib 
ketdilar.  
Payg‘ambarimiz aytdilar:  


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin