Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
buyuring, hozir uning boshini kesib keltirayin. Siz uchun ani qurbon qilayin. Agar mendin 
boshqa birovni qo‘li bilan otam o‘ldirilsa, men uchun bu ish yaxshilik bo‘lmag‘ay, 
negakim butun Madina xalqi biladur, men esam otam-onamg‘a eng ortiq hurmat 
ko‘rsatgan, eng ko‘p xizmat qilgan erurman. Agar otamni o‘zimdan boshqa kishi o‘ldirur 
ersa, uni dunyoda tirik qoldirib, men chidolmagayman. Yo Rasulalloh, ahloqingiz ulug‘, 
otam gunohini afv qilsangiz yaxshiroqdur, — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  
— Sen o‘ylagan narsa mening ko‘nglimda yo‘qdur. Bundin keyin ham otang bilan 
yaxshilik ila muomalada bo‘lgaymiz, o‘tgan ishlarini kechirdim, — dedilar. 
Ammo ul munofiq aytgan so‘zidan tonib, qasamyod qilgan bo‘lsa ham Munofiqun surasi 
bu haqda nozil bo‘lib, uning aytgan so‘zi isbot qilindi. Bo‘lib o‘tgan voqea, ushbu surada 
tamomila aytilmishdur. Bu haqda Zayd ibn Arqamni yolg‘onchi qilgan edilar. Bu oyatlar 
nozil bo‘lgach, aning so‘zi rostga chiqdi. Shundoq bo‘lsa ham, Rasululloh afv qilib, fitnani 
bosdilar. Lekin ul munofiqning adabsizligidan va shumligidan, shuncha ko‘p mo‘jiza va 
karomatlarni ko‘ra turib, o‘lgunga qadar zarrachalik iymon nuri aning ko‘ngliga kirmadi. 
Bu munofiqlar buning bilan ham qanoatlanmasdan, shu safarda onamiz Oishaning 
ustidan tuhmat so‘zlarini chiqardilar. Rasululloh oilalariga va ashobi kiromlariga shu 
sababdan bir qancha xijolatlik, malomatlik so‘zlar paydo bo‘ldi. Onamiz hazrati Oisha 
boshliq, otalari hazrati Abu Bakr Siddiq boshlariga tog‘ yiqilgandek, butun oilalari bilan 
bek tashvishda qoldilar. 
Bu hol bilan biror oy o‘tgandin so‘ng onamiz Oishani oqlab, Qur’oni karimda o‘ttiz oyat 
nozil bo‘ldi. Bu haqda munofiqlar qilgan tuhmatlari raddiga Alloh taolodin vahiy kelishi, 
Rasululloh xonadonining ulug‘ sharafga ega ekanini isbotladi. Musulmonlarning ko‘nglini 
ranjitgan bu voqea butun hadis kitoblarida, tarix sahifalarida yozilmishdur, balki hatto 
Qur’oni karimda ham ochiq bayoni bordur. Men bu kitobimda boshqa kishilardek 
boshdin-oyoq qoldirmay yozib o‘tirishni ko‘nglim ko‘tarmadi. Qisqasi shulki, Rasululloh 
Islom dinini yuzaga chiqarishda tortmagan turlik jabr-jafolari, ko‘rmagan qattiq kunlari, 
eshitmagan yomon so‘zlari qolmagan edi. Buning ajrini Alloh u zotga o‘zi bersun. 
Har bir ummatman degan kishi ushbu salovatni o‘qib, Payg‘ambarimiz haqlariga duo 
qilishi albatta lozimdur:  
«Jazallohu a’nno sayyidano Muhammadan ma huva ahluhu». Ya’ni: «Alloh taolo biz 
ummatlar tarafidin Payg‘ambarimizning o‘ziga loyiq savoblar bersun», demakdur. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin