Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Agar bizning tarafdor kishilarimiz salomat kelsalar, bu asirlarni bo‘shaturman, yo‘q 
ersa, ular kelguncha bular ham tutqunlikda turgaylar. 
Rasulullohdan bu so‘zni anglagach, Suhayl Quraysh raislariga kishi yubordi. Ular ham 
sahobalarni darrov qaytardilar. 
Shu bilan Suhayl ham asirlarni olib joyiga qaytdi. So‘ngra Quraysh raislari o‘zaro 
kengashib, oxiri Rasululloh bilan sulh qilmoqqa to‘xtaldilar. Bu to‘g‘rida shu Suhayl ibn 
Amrni vakil qilib yuborishdi. Uning kelayotganini Rasululloh uzoqdan ko‘rishlari bilan: 
«Bu kishi ersa sulh uchun kelur bo‘lg‘ay», dedilar. So‘ngra u ham to‘g‘ri kelib Rasululloh 
oldilariga tiz cho‘kib o‘ltirdi. Sahoba ulug‘lari atroflarini o‘rashib turdilar. Ikki tomondan 
bitim ustida so‘zga kirishib, majlis anchagina uzaydi. So‘ngra Rasululloh: 
— Bu kelishimizdan bizning maqsadimiz esa, Baytullohni ziyorat qilmoqdur. Mundan 
boshqa hech qanday g‘arazimiz yo‘qdur. Agar bu ishdan bizni to‘smas ekansiz, 
Baytullohni ziyorat qilib qaytamiz, — dedilar. 
Anda Suhayl: 
— Ey Muhammad, Baytullohni ziyorat qilmoqdan biz sizlarni to‘smaylik, lekin bu ish 
kelasi yilda bo‘lsin, chunki butun arablar bu ishdan xabardor bo‘lib qoldilar. Agar shu yili 
shaharga kirib, Baytullohni ziyorat qilur bo‘lsangiz, arablar oldida biz xijolat bo‘lgaymiz. 
«Muhammad kuch bilan Qurayshni bosib kirib, Baytullohni ziyorat qildi», degaylar. Mana 
bu so‘z bo‘lsa, biz uchun ulug‘ nomusdir. Agar bu yili qaytib, kelasi yili kelur bo‘lsangiz, 
yo‘lingiz ochiqdir va ikki yoqning obro‘lari saqlanur, — dedi. 
Bu so‘z Rasulullohga ham ma’qul tushdi. Chunki shunday bo‘lmasa, urush boshlanib ko‘p 
qonlar to‘kilur edi. Rasululloh ersalar Haram ichida qon to‘kilishidan saqlanur edilar. 
Buning so‘zi Rasulullohga to‘g‘ri kelgach, boshqa so‘zga o‘tishmay, o‘rtada bir sulhnoma 
yozishga qaror qilishdilar. Mana shu choqda Hazrati Umar bu ishga chidayolmay o‘rnidan 
sapchib turib, Hazrati Abu Bakr Siddiq oldiga kelib: 
Ey Abu Bakr Siddiq, Muhammadni Xudo tarafidan yuborilgan haq payg‘ambar deb 
unga ishondik, Islom dinini Allohdan kelgan haq din deb, uni qabul qildik. Endi bizlar haq 
yo‘lni tutmoq bo‘lsak, kofirlar esa botil ishda turgan bo‘lsalar, bu xorlikni bizlar nechuk 
qabul qilg‘aymiz. Mundoq sulhnoma tuzish to‘g‘ri emasdur, muni qabul qilmag‘aymiz. Bu 
ish esa biz uchun haqorat keltirur, — deb bunday sulhga rozi bo‘lmaganini bildirdi. 
Anda Hazrati Abu Bakr Siddiq: 
— Rasululloh ersa, aniq bildik, Allohning payg‘ambaridur. Aning keltirgan dini barhaqdur. 
Bu ishda menim zarrachalik gumonim yo‘qdur. Nima ish qilur ersa, Rasululloh Alloh amri 
ila qilg‘ay, Allohdin iznsiz hech ish qilmagay. Ey Umar, o‘lgunimizcha unga itoatda 
bo‘laylik, butun buyruqlariga bo‘ysunaylik. Chin ko‘nglimdan guvohlik berurman, ul 
Allohning haq payg‘ambaridur. Alloh uni yordamsiz tashlab qo‘ymagay,— dedi. 
Anda Hazrati Umar aytdi: 
— Men ham shunday deb guvohlik berurman. Bilurman, albatta, ul Allohning 
payg‘ambaridur, lekin sening so‘zingga mening ko‘nglim qonmadi, — deb u yerdin chiqib 
to‘g‘ri Rasululloh qoshiga keldi. Hazrati Abu Bakr Siddiqqa nima so‘z qilgan bo‘lsa, 
Payg‘ambarimizga ham shu so‘zni qildi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Umar, men ersam Allohning quli va ham uning payg‘ambaridurman, uning amriga 
bo‘ysunmoqdan o‘zga choram yo‘qdur. Alloh taolo hech vaqt meni zoye qilmagay, — 
dedilar. 
Shundoq bo‘lsa ham, Hazrati Umar bu sulhnomada yozilgan og‘ir shartlarga rozi bo‘lg‘usi 
kelmay, bu to‘g‘rida ko‘p tortishuvlar qildi. Oxiri bu sulhnomani yozmoqqa to‘xtalib, 
noma yozishni Avs ibn Havla degan kishiga buyurdilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin