Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
«Subhanalloh, bu qanday noto‘g‘ri ishdur? Kufrdin qochib musulmon bo‘lib kelgan kishini 
dushman qo‘liga qandoq qaytarib berurmiz?» deb buni bek og‘ir oldilar. 
Hazrati Umar: 
— Yo Rasululloh, bu ishga siz nechuk rizo bo‘ladursiz? Bizning bunga roziligimiz yo‘q, — 
dedi. 
Rasululloh tabassum qilib dedilar: 
— Ulardin iymon aytib bizga qochib kelganlarni qaytarib berurmiz, umid shuldurki, Alloh 
taolo alarga najotlik ato qilgay. Bizdan murtad bo‘lib ketganlar bo‘lsa, Xudo rahmatidan 
judo bo‘lib, la’natga qolgan kishilardur, andoq kishilar shularga loyiqdur. Rahmatdan 
kechganlarni nechuk talab qilg‘ali bo‘lur? 
Mana shu so‘z ustida turgan chog‘larida Abu Jandal ibn Suhayl kishanlarini shaldiratib 
qochgan holda musulmonlar oldiga kelib o‘zini otdi. Bu kishi esa, shu hozirda Quraysh 
tomonidan vakil bo‘lib so‘zlashayotgan Suhayl ibn Amrning o‘g‘li edi. Uni musulmon 
bo‘lganligi uchun qamoqqa olmish edilar. Xuddi shu chog‘da zindondan qochib, qo‘l-
oyoqlariga solingan zanjirlarni sudraganicha Rasululloh huzurlariga keldi. Buni ko‘rib 
otasi Suhaylning g‘azabi alangalab, tikanlik daraxtning shoxi bilan o‘g‘lini bosh-ko‘ziga 
qaramay urgali turdi. 
Rasulullohdan ruxsatsiz hech ish qilishmaganlikdan, unga yordam berisha olmay, ichlari 
og‘rib, sahobalar yig‘lashdilar. 
Anda Suhayl Rasulullohga qarab: 
— Ey Muhammad, o‘rtamizda qilingan sulh shartlarining hukmini birinchi navbat ijro 
qilish vaqti keldi, — deb o‘g‘lini urib sudragali turdi. O‘g‘li Abu Jandal tovushi boricha 
faryod qilib: 
— Ey musulmonlar, meni kofirlarga nechun qaytarib berursizlar? Ko‘z oldingizda qandoq 
zulm qilayotganini ko‘rib turibsiz, endi meni dinimdan ajratmoq qasdida turlik azoblar 
bilan qiynagaylar, — deb qattiq qichqirdi. 
Buni ko‘rib, musulmonlar ziyoda g‘amgin bo‘ldilar. Shundoq bo‘lsa ham Rasulullohning 
hukmlariga bo‘ysunmoqdan boshqa choralari yo‘q edi. Chunki Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam bu ishni Alloh amri bilan qilmish edilar. Ul zot Abu Jandalga aytdilar: 
— Sen bu ishga ko‘p xafa bo‘lmay sabr qilgil, Alloh oldida ulug‘ ajrga ega bo‘lgaysan. Bu 
yaqin orada Alloh taolo sizlarni yorug‘likka chiqargay. Nachora qilg‘aymiz, o‘rtamizda 
ahdnoma yozilib qo‘l qo‘yildi, buni buzmoq — xiyonat qilmoqdir. Endi sabr qilmoqdan 
o‘zga choramiz yo‘qdur. Buni aniq bilgil, Alloh taolo mo‘min bandalarni xorlikka uzoq 
qoldirmas. Yaqin orada Allohning yordami senga va senga o‘xshaganlarga yetishgay, — 
dedilar. U ham Rasululloh so‘zlaridan tasalli topib, sabrga bo‘ysundi. 
Sulhnoma yozilib tamom bo‘lgach, Xuzo’a qabilasining raislari o‘rinlaridan turishib: 
— Bizlar Muhammadga qo‘shildik. Aning do‘stlari bizning do‘stlarimiz, dushmanlari 
bizlarning dushmanlarimizdur. Orqamizda qolgan qavmlarimizning ahdi bizning 
ustimizga, — deb o‘zlarining Rasululloh bilan ittifoqdosh bo‘lganliklarini bildirdilar. 
Buni ko‘rib, Banu Bakr qabilasining raislari Quraysh ittifoqiga qo‘shilishni ixtiyor qildilar. 
Qachonki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sulh ishidan bo‘shadilar ersa, 
sahobalarning ulug‘laridan quyidagi kishilar bu sulhnomaga shohid bo‘ldilar: Abu Bakr 
Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abi Vaqqos, 
Ubayda ibn Jarroh, Muhammad ibn Maslama, raziyallohu anhum. Quraysh tomonidan 
esa Xo‘ytob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs va boshqalar shohid bo‘ldilar. 
Lekin bu sulhning tamom bo‘lishi ko‘p qiyinlik bilan qo‘lga keldi. Chunki sahobalar qayta-
qaytadan Rasulullohga kelishib, sulh shartlarini o‘zgartirishni talab qildilar. Mundoq 
bo‘lmas ersa, urushga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Ayniqsa, Hazrati Umar 
boshqalardan ortiqroq bu ishga qarshilik ko‘rsatib, Rasulullohga norozilik bildirdi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin