Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
Anda Ummu Gulsum: 
— YO Rasulalloh, Xudo uchun, Payg‘ambar uchun hijrat qilib keldim. Men ersam xotin 
kishidurman, o‘zingiz bilursiz xotinlarda bo‘shlik, chidamsizlik bo‘lg‘ay. Agar meni 
Makkaga qaytarur ersangiz, alarning qiynovlariga chiday olmayman. Unda meni 
dinimdan ajratgaylarmu, deb qo‘rqib keldim, — deb aytdi. 
Bu so‘zdan ko‘p vaqt o‘tmay, bu xotinning Ammora, Valid degan ikki qarindoshi ortidan 
quvlab keldilar. 
Alar Rasulullohga yo‘liqishib, ko‘rishgandin so‘ngra: 
— Ey Muhammad, o‘rtamizdagi yozilmish ahdnoma shartlari bo‘yicha qarindoshimizni 
qaytarib berishing kerakdur, — deyishdi. 
Rasululloh shartnomada xotin kishining so‘zi yo‘qdur, deb qabul qilmadilar. Shu orada 
Allohdan oyat nozil bo‘ldi: 
«YO ayyuhallazina amanu iza ja’akumul muminatu muhojirotin famtahinuv hunna». 
Ma’nosi: «Ey mo‘minlar, agar xotinlar hijrat qilib Makkadan Madinaga kelsalar, alarni 
sinab ko‘ringlar. Agar aniq Xudo uchun, din uchun hijrat qilib kelgan bo‘lsalar, unday 
xotinlarni qaytarmanglar». 
Kofirlar bilan musulmon orasida nikoh yurmasligi uchun bu oyat nozil bo‘ldi: — «La 
xunna hillun lahum va lahum yahilluna lahunna». 
Ma’nosi: «Mo‘min xotinlar kofirlarga halol bo‘lmagaylar. Mo‘min xotinlarni kofirlarga 
nikoh qilmanglar va mo‘min kishilar kofir xotinlarga halol emasdurlar», demakdur. 
Mana bu oyatlar nozil bo‘lgandan so‘ngra hijrat qilib kelgan xotinlarni hech narsa 
qaytara olmas bo‘ldi. Va musulmonlar nikohida bo‘lgan kofir xotinlar, kofirlar qo‘lida 
qolgan musulmon xotinlar erlaridan ajrashdilar. Shu bilan bu xotinni so‘rab kelgan og‘a-
inilari ham Makkaga qaytib ketishdi. Bu voqea Qurayshga eshitilgach, nochor bo‘lib 
sukut qildilar. 
Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bu safardan qaytib Makka va Madina oralig‘ida Kuro’ 
(ul-g‘anam) degan joyga kelganlarida Fath surasi nozil bo‘lgan edi. Bu sura tushishi 
bilan hammadan ilgari Jabroil alayhissalom kelib, Payg‘ambarimizni tabrikladi. So‘ngra 
barcha sahobalar tabrikladilar. Suyungudek bir yaxshi ish bo‘lganida musulmonlar bir-
birlarini tabriklash rasmi shundan qolmishdur. 
Anda sahobalardan birovlari aytdi: 
— Bu safarimizda hech qandoq fath bo‘lmadi. Chunki Makka shahriga kira olmadik. 
Baytullohni ziyorat, tavof qilishdin bizni to‘sib qo‘ydilar. Qochib kelgan mo‘minlar 
kofirlarga qaytarildi. Ish bundoq bo‘lgach, qandoq fath bo‘lur edi? 
Bu so‘z Rasulullohga yetdi ersa aytdilar: 
— Bu safarda qilgan sulhimiz ulug‘ fathdir. Chunki kofirlar sizlarni urush-talashsiz 
Makkadin chiqarishga rozi bo‘ldilar. Biz bilan sulh qilishni ular talab qildilar, ellik-oltmish 
kishilari qo‘limizga asir tushib, bizning obro‘yimiz oshdi. Ularning ruhlari tushib
ko‘ngillari cho‘kdi, biz esa eson-omon, salomat o‘z yurtimizga qaytdik. Bu sulhdan ilgari 
bizdan ular qattiq nafrat qilishib, oramiz yiroqlashgan edi. Islomning qandoq ekanligini 
bilmas, aning yaxshiligini tushunmas edilar. Endi ersa bu kelishuv sababidan oramiz 
aloqalik bo‘lg‘ay. Muni bilingkim, butun dunyoning davlati va aning noz-ne’matlari 
urushda to‘kilgan bir kishi qoniga arzimas. Na choradurkim, bilmagan-tushunmaganlar 
hisobiga dunyoda ko‘plab qonlar to‘kilur. 
Hammadan ortig‘i shuldurkim, bu safardan Xudo oldida ajrlik, savoblik bo‘lib yondinglar. 
O‘tgan Uhud kunining voqeasi yodinglardan chiqdimi? U kunda qandoq og‘ir voqealar 
o‘tdi. Kishi-kishiga qayrilisha olmay qoldi, u kuni eng ortinglarda turib sizlarga qichqirur 
edim. Ikkinchi, Ahzob kunini ham eslanglar. U kunda ersa, bizning ustimizdan qandoq 
og‘irchiliklar o‘tdi. Hijoz o‘lkasidagi butun arab qabilalari bir yoydan otilgan o‘qdek bizga 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin