Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
hujum qildilar. Atrofimizdan o‘rab-chulg‘ab kelganlarida sizlarni qattiq qo‘rqinch bosib, 
ular qo‘lidan qutulish umidi uzilmish edi. Dushman qo‘rqinchlaridan ko‘zlar 
qorong‘ilashib, yurak o‘ynab, har kimning bo‘g‘ziga tiqilmish edi. Ishlar shul holga 
kelganda, yana Alloh taolo ulug‘ qudratini ko‘rsatib, bu kelgan balo selidan sizlarni omon 
saqladi. Bu ishlarni ersa, hali yodingizdan chiqarmagandursiz? 
Anda musulmonlar: 
— Allohning va payg‘ambarning aytgan so‘zlari haqdur. Bu qilgan sulhimiz ersa 
haqiqatda ulug‘ futuhot ekandur. Siz o‘ylagan joyga bizning fikrimiz yetmabdur. Alloh 
amrining sirlarini albatta siz bilursiz, yo Rasulalloh, — dedilar. 
Shuning bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib bir necha kun 
o‘tgandan so‘ngra Abu Basir degan kishi Makkadan qochib Madinaga keldi. Musulmon 
bo‘lg‘oni uchun Makka mushriklari ani qamoqqa olmish edilar. Buning qochganini anglab, 
Quraysh raislari xat yozib, Bani Omr qabilasidan Xunays degan bir kishini 
Payg‘ambarimizga yuborib, uning yoniga yo‘lboshchi qilib, yana bir kishi qo‘shdilar. Bu 
ikkovlari to‘g‘ri Rasululloh oldilariga kelib, xatni topshirdi. Xat mazmuni shunday edi: 
«Ey Muhammad, o‘rtamizda qilingan ahdnomaga binoan, bizdan qochib borgan kishilarni 
qaytarmoqchi eding. Shu kunlarda Abu Basir degan kishi bizdan qochib, senga 
bormishdur, qaytarib kelmoq uchun ikki odam yubordik. Endi ul qochoq kishimizni bu 
ikki odamga topshirib bergaysan». 
Bu xat o‘qilgandan so‘ngra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
— Ey Abu Basir, urush o‘tiga tutantiriq bo‘lmishsan. O‘zingga ma’lumdir, biz Quraysh 
raislariga qochib keluvchilarni qaytarib berish uchun hujjat xati berganmiz. Bizning 
dinimizda ahdnoma shartlarini buzmoqlik yo‘qdur. Va’dasini buzg‘uvchilar, yolg‘on 
so‘zlovchilar, ishda xiyonat qiluvchilar bizdan emasdurlar. Bor endi, o‘z qavmingga 
qo‘shil, o‘z yurtingga qaytgil, albatta, Alloh taolo tomonidan sen uchun va senga 
o‘xshash Makkada kofirlardan zulm ko‘rayotganlar uchun yaxshilik kunlar bo‘lg‘usidur. 
Anda Abu Basir: 
— Yo Rasulalloh, agar meni kofirlarga qaytarur ersang, ular meni qattiq qiynab dinimdan 
chiqarurlar yoki meni o‘ldirurlar, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Abu Basir, Allohdan umidim shuldur, senga bir yaxshilik yetkurur, — dedilar. 
Rasulullohdan bu so‘zni anglagach ikki dushmanga taslim bo‘lib, uchchovlari yo‘lga 
tushdi. Shu bilan Abu Basir ketayotganda, ortidan qarashib qolgan sahobalar: «Bu esa 
ming kishiga tatigudek odam ko‘rinur, yo‘lda borayotganda biror ish qilib, o‘zini qutqara 
olmagaymu?» dedilar. Bu bilan yoningdagini o‘ldirib bo‘lsa ham, o‘zingni qutqar, degan 
so‘zga ishorat qildilar. 
So‘ngra bu kishilar Madinadan bir qo‘nolg‘u — Zulxulayfa degan manzilga yetishdi. Abu 
Basirni kechasi bog‘lab, kunduzi bo‘sh qo‘yishar edi. Bir yerda o‘ltirishgan chog‘da Abu 
Basirni eltib borayotgan Omriy qilichini qinidan sug‘urdi, so‘lqillatib turib shunday dedi: 
«Bir kun kelur, Muhammadning yordamchisi Avs, Xazrajni shu qilichim bilan boshlarini 
kesib qirgayman». 
Anda Abu Basir: «Sening bu qiliching bek keskir bo‘lishi kerak, bunday qilichni ko‘rganim 
yo‘q edi, qani ko‘rayin, berchi», deb qo‘l uzatdi. «Ajal taqdiri yetar bo‘lsa, kishi ko‘zi ko‘r 
bo‘lg‘ay» deyilgandek, ko‘r bo‘lib qilichini uning qo‘liga berdi. Berishi bilan shundoq 
urdikim, boshi olmadek uzilib yerga tushdi. Buni ko‘rib aning yo‘ldoshi qo‘rqqanidan, jon 
qutqarish uchun Madina tomonga qarab qochdi. 
Abu Basir bo‘lsa, dushmanni o‘ldirganidan so‘ng qurol-jabduqlarini taqinib, tuyasiga 
minib, aning ortidan quvganicha Madinaga qarab yurdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda sahobalar bilan o‘ltirishgan edilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin