Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
Anda hazrati Xolid: 
— Yo Rasulalloh, men ko‘p o‘rinlarda sizga dushmanchilik qilib, ko‘p joylarda qarshilik 
ko‘rsatdim. Dushmaningiz olg‘a safida turib musulmonlarga ziyon bo‘lg‘udek ishlar 
o‘tkazdim. Yo Rasulalloh bu gunohlarimni Xudo kechirarmikan, Allohdan so‘rab, men 
uchun duo qiling, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Islom o‘zidan ilgari o‘tgan barcha gunohlarni yo‘q qilgay. Iymon yomg‘irida yuvilib, 
butun gunohdan endi pok bo‘lding, — dedilar. 
Qolgan ikkovi ham shu so‘zlarni aytib Islomga kirdilar. Butun sahobalar ichida shu 
uchovlaridek urush ilmiga mohir kishi yo‘q edi. Ayniqsa, Hazrati Xolid shu kundan 
boshlab vafot bo‘lganlaricha Islom askarining boshlig‘i bo‘lib, ko‘p mamlakatlar aning 
qo‘lida fath bo‘ldi.  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xolid Allohning qilichi», deb unga laqab qo‘ydilar. 
Xolid ibn Valid yolg‘iz Islom tarixida emas, balki butun inson tarixida qilgan xizmatlari 
taqdirlanib mangulik o‘roz (baxt) egasi bo‘lmishdur. Bu zotning Islom yo‘lida jon ayamay 
qilgan xizmatlariga qaralsa, butun dunYo musulmonlari uni hurmatlab ruhiga rahmat 
deyishlari lozimdur.  
Xolid ibn Valid hijratning yigirma birinchi yilida Shom o‘lkasi Hims shahrida vabo kasali 
bilan vafot topdilar, raziyallohu anhu. Yoshi qirq birga to‘lmagan edi. Vafot bo‘lishi 
oldirog‘ida shul so‘zlarni aytib, butun dunYo musulmonlariga ibrat darsi berib 
ketmishdir:  
— Qo‘rqoq kishilar yaxshilik ko‘rmagaylar. Boshdan-oyoq butun tanamda o‘q 
qadalmagan, qilich kesmagan, nayza kirmagan tirnoq yuzidek sog‘ joyim yo‘qdur. Ajalim 
yetmagan ekan, shuncha ko‘p urushlarda o‘lmadim. Ajal o‘qlari yomg‘irdek yog‘ilib 
turgan minglarcha urush maydonlarining olg‘a saflarida shahodat o‘limini kutdim, u 
menga taqdir bo‘lmagan ekan, topmadim. Mana endi eshak o‘limidek yotgan yerimda 
o‘layotibman, — dedi. 
Eshak o‘lgandek, degani ersa, shahodat darajasini topmay qolganiga qattiq 
achinganidan aytgan so‘zidur. Xudo yo‘lida minglarcha jihod maydonlarida javlon urgan 
bir g‘oziyning maqomi shahidlik martabasidan albatta kam emasdur. 
Yana qo‘rqoq kishilarning yaxshilik ko‘rmaslari aniqdur. Chunki Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam aytdilar: «Agar kishi bir nimarsadan qo‘rqar ekan, u narsa qo‘rqqan kishi 
boshiga balo bo‘lgay». 
Bu so‘zning haqligida hech shak yo‘qdur. «Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinur», degandek, 
qo‘rqoqlar it hujumidan ham qutila olmagaylar, bahodirlar ersa arslon bo‘yniga qilich 
solgaylar. Qo‘rqqanlar har yaxshilikdan quruq qolib, o‘z vatanlarida g‘arib bo‘lg‘aylar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu to‘rt narsadan panoh tiladilar: qo‘rqoqlik, 
yalqovlik, baxillik, dushmandan yengilishlik. Mana bu to‘rt narsadan ummatlarini 
saqlanishga buyurdilar. Biliklikdur (ma’lumki), bu to‘rtining so‘ngisi oldingi uchining 
ajralmas natijasidur. Ya’ni, botirlik o‘rnida qo‘rqoqlik, ishchanlik joyida yalqovlik, saxiylik 
vaqtida baxillik qilur ekanlar, mana mundog‘ millatlar boshqalardan yengilib, 
dushmanlari oyog‘i ostiga tushib depsandi bo‘lg‘aylar. Islomiyat huquqlari bu yon tursin, 
bunday odamlar insoniyat huquqlaridan ham butun ajragaylar. 
Xudo Qur’onda aytmishdur: «Va lan yaj’alallohu lil-kofiriyna alal muminina sabilan». 
Ma’nosi: «Kofirlarga hayon (foyda), mo’minlarga ziyon bo‘lg‘udek ishni Alloh hech 
qachon qilmaydi». 
Bu so‘zning haqligida hech shakimiz yo‘qdur. Lekin bu kunlarda haqiqiy mo‘minlarning 
topilishlari gumondir. Qur’onning aytishicha, xorlikka bo‘ysunmoq, kofirga qul bo‘lmoq 
yo‘qdur. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin