Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

BANI MURRA VOQEASI 
Yana shu yili Sha’bon oyida Bashir ibn Sa’dni o‘ttiz kishiga boshliq qilib, Fadak 
nohiyasida Bani Murra qabilasi ustiga yubordilar. Bu yer esa, Xaybar tomonida 
Madinadan olti kunlik yiroqlikdagi bir joydur. Bu yerlik kishilar mol-chorvalarini o‘tlovga 
qoldirib, o‘zlari qishlovga ketmish edilar. Shu chog‘da sahobalar kelib qarasalar, mol 
ustida cho‘ponlardan boshqa kimarsani ko‘rmagach, butunlay mollarni haydab 
jo‘nayverdilar. Bu ishdan mol egalariga xabar yetib, orqalaridan quvlashib, tun 
yarmilarida yetishib keldi. Tong otguncha bir-birlariga o‘q otishdilar. Tong yorigandan 
so‘ng dushmanlar qarasa, o‘zlaridan ular bir necha barobar oz ko‘rindilar. Buni payqab 
qolib, har yoqdan o‘rab hujum qildilar. Musulmonlarga urushdan qochish harom 
bo‘lganlikdan, shuncha qalin dushmanga berilmay, urushib yurib barchalari shahid 
bo‘ldilar, raziyallohu anhum. YOlg‘iz Bashir, alarning boshliqlari, yarim jon bo‘lib o‘liklar 
ichida qolgan edi. Joni bormikan deb oyoq oshig‘iga urib qarasalar hech qimirlamagach, 
o‘lgan ekan deb, uni tashlab ketdilar. Dushmanlar ketgach, bir oz hushiga kelib, shu 
yerda turgan bir yahudiy uyiga ming mashaqqat bilan arang yetib oldi. Bu joyda ikki-uch 
kun turib, ozgina yaxshiroq bo‘lgach, Madinaga keldi. Rasululloh bu musibat xabarini 
ilgariyoq anglagan edilar. 
MAYFA’A VOQEASI 
Yana shu yilning Ramazon oyida G‘olib ibn Abdullohni bir yuz o‘ttiz odamga boshliq qilib, 
Mayfa’a qabilasiga borib chopul (hujum) qilishga buyurdilar. Bu yer ersa Najd nohiyasida 
bo‘lib, Madinaga sakkiz kunlik yo‘l edi. Tuyuqsizdan borib alarni bosdilar. Dushman 
boshlig‘i urushda o‘ldirildi. Qolganlari esa har yoqqa qochib yo‘qoldilar. Alardan qolgan 
mol-chorvalarni butunlay haydab Madinaga keldilar. Shu urushda Rasulullohning asrandi 
o‘g‘illarining o‘g‘li Usoma ibn Zayd Nahyak ibn Mirdos ustiga hujum qildi. Qilich urar 
chog‘ida omon so‘rab: «La ilaha illallohu», dedi. Qo‘rqqanidan aytadur deb, omon 
bermay uni o‘ldirib qo‘ydi. Madinaga kelgach, bu voqeani Rasululloh angladilar. Usomani 
chaqirib: 
— «La ilaha illalloh» degan kishini nechuk o‘ldirding? Endi «La ilaha illalloh»ga nima 
javob berasan?—dedilar. 
Anda Usoma:  
— Yo Rasulalloh, o‘limdan qo‘rqib buni aytgandur,— dedi.  
Rasululloh:  
— Ey Usoma, ko‘ksini yorib ko‘rmadingmu, rostmi, yolg‘onmi bilur eding, — dedilar. 
Bundan ogohlanib darhol Usoma tavba qilib, istig‘for o‘qidi. «La ilaha illalloh»ni qanday 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
qilursan?» deb bu so‘zni yana uch marta aytdilar. Hazrati Usoma bu ishdan qattiq 
xijolatga qolib: «Koshki Islomga endi kirgan bo‘lsam, bu qilgan gunohim kechirilar edi», 
dedi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu gunoh kafforatiga Usoma bir 
qulni ozod qilsin», deb buyurdilar. O‘lik egalariga o‘zlari xazinadan xun-tovon to‘ladilar. 
Sallallohu alayhi vasallam. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin