Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

UMRATUL QAZO VOQEASI 
Yuqorida yozilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratning oltinchi yili Umra 
ibodatini qilish uchun Madinadan Makkaga borgan edilar. Musulmon kishilarga, qudrati 
yetsa hajga borish farz, umra qilish sunnatdur. Uch marta umra qilgan bir hajning 
savobini topgay. 
Bir kecha Rasululloh tush ko‘rsalar, Makkaga borib sahobalar bilan umra qildilar. 
Tushlarining to‘g‘ri kelishida shak yo‘q edi. Chunki payg‘ambarlarning tushlari esa vahiy 
o‘rnida bo‘lur. Lekin qaysi yilda bo‘lishini bilmadilar. Shu yili bo‘lg‘aymu deb, umid bilan 
Rasululloh boshliq bir ming to‘rt yuz kishi Madinadan chiqqan edilar. Makkaga kelsalar, 
Quraysh mushriklari bu ishga to‘sqinlik qilishib, Baytullohni ziyorat qilishga yo‘l 
qo‘ymadilar. Ikki orada uzoq tortishishlar bo‘lgandan so‘ngra, besh moddalik shartnoma 
tuzib, Hudaybiya sulhi qilinmish edi. Aning birinchi sharti ersa, kelasi yili Rasululloh shu 
kishilari bilan Makkaga kelib, bu yili qilolmagan umraning qazosini qilg‘aylar. 
Musulmonlar shahar ichiga ziyorat uchun kirganlarida Makka mushriklari uch kungacha 
shahar tashqarisida turgaylar. Mana shu sulhnoma bo‘yicha bir yil o‘tgandan keyin 
oldingi yili umraga borishgan bir ming to‘rt yuz kishi bilan Makkaga qarab yo‘lga 
chiqdilar. O‘tgan yili bormagan odamlardan ham qo‘shilib askar soni ikki mingga yetdi. 
Bular ichida yuz kishilik Bashir ibn Sa’d qo‘mondasida otliq askar ham bor edi. 
Sulhnomada qurol ko‘tarmaslik shart qilingan bo‘lsa ham, askar uchun kerakli qurollarini 
birga olmoqqa buyurdilar. 
— Shartimizga ko‘ra, Makka shahrining ichiga kirganimizda yolg‘iz qilichdan boshqa 
qurol ko‘tarmaymiz. Soqliq yuzasidan boshqa qolgan yaroq-jabduqlarimizni shahar 
tashqarisida qoldiraylik. Askarlarimizning bir bo‘lugi uni saqlab tursinlar. Agarda 
dushman tomonidan biror turlik xiyonat sezilar ersa, u chog‘da ani ishga yaratqaymiz, — 
dedilar. 
Rasulullohning bu qilgan ishlari barcha ummatlariga, ayniqsa, askar boshchilariga katta 
ibrat bo‘lib, urush kunlarida qanchalik soq bo‘lishi kerak ekanligini bildirdi. Chunki 
Rasululloh shu payg‘ambarlik davri — yigirma uch yil ichida aytgan so‘zlari, amal qilgan 
ishlari ersa butun ummatlar uchun ikki dunYo davlatini topish yo‘llarini o‘rgatish edi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin