Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
yetsa edi, hozirdayoq iymon keltirgan bo‘lur edim. 
Endi shu ishni qilur bo‘lsam, podshohligimni olib, o‘zimni o‘ldirgaylar. Koshki u kishi 
oldiga salomat yeta olsam, tahorat suvi quyib, oyoqlarini yuvgay edim,— dedi. 
Ammo Rum podshosi ochiq ravishda iymon keltirishga jur’at qila olmadi. So‘ngra nomani 
olib o‘qimoqqa buyurdi. Bu noma esa shunday yozilmish edi: 
Bismillohir rahmanir rohiym. 
«Min Muhammadin Abdilloh va rasulihi ila Xiraqla aziymir Rum. Salomun ala manit-
taba’al Xudo. Ammo ba’du fainniy ad’uka bidi’ayatil islom. Aslim taslam. Yu’tikallohu 
ajraka marratayni. Fain tavallayta fainnama a’layka ismul arisiyyina. Va ya ahlal Kitobi 
ta’alav ila kalimatin savain baynana va baynakum alla na’buda illalloha vala nushrika 
bihi shay’an vala yattaxiza ba’zuna ba’zan arbaban min dunillahi, fain tavallav 
faqulushhadu bianna muslimuna». 
Ma’nosi: «Allohning quli va aning payg‘ambari Muhammaddan Rumning ulug‘ Hiraqliga, 
haq yo‘l topganlarga salom. Mundin so‘ngra shulki, men seni Islom dinini qabul qilmoqqa 
chaqiraman. Musulmon bo‘l, salomat bo‘lursan. Ikki qavat ajr olursan. Agar qabul qilmas 
ekansan, senga qarashlik butun xalqning gunohi ustingga tushadi. 
Ey Kitob ahllari, kelinglar, bu yaxshi so‘zga, Allohdan o‘zgaga ibodat qilmaylik. Boshqa 
narsani unga sherik etmaylik, Allohdan o‘zgani tangri deb tanimaylik. Agar bu so‘zdan 
yuz o‘girsanglar, guvoh bo‘linglar, bizlar Islom dinini qabul qildik». 
Qaysar tarjimoni bu muborak nomani boshlab o‘qigan chog‘da, uning inisi oldida qilich 
tutib turgan edi. Birdaniga uning g‘azabi qo‘zg‘alib, nomani yirtib tashlamoqqa qo‘l soldi. 
Tarjimon qo‘lidan nomani tortib olib, yirtmoqchi bo‘ldi. Qaysar inisini bu ishdan qaytarib 
to‘xtatdi. So‘ngra: 
— Nega sening g‘azabing keldi? — deb undan so‘radi. 
Anda ul aytdi: 
— Birinchisi shuldirki, ul kishi o‘z nomini sening nomingdan ilgari yozmishdir. Ikkinchisi 
ersa, Hiraql deb otingni aytib, Rum podshosi demabdur. 
Anda Hiraql: 
— Hoy majnun, ahmoq! Shundoq ahamiyatlik nomani o‘qib tushunmasdan turib, yirtib 
tashlar ersang, holing na bo‘lgay erdi? Bu so‘zda g‘azab qilg‘udek ish yo‘qdur. Agar ul 
Xudo tarafidan yuborilmish payg‘ambar bo‘lsa, otini oldin yozmoqqa haqlidur. Agar 
nomada meni Rum podshosi demagan bo‘lsa, yana to‘g‘ri yozmishdir. Chunki barchaning 
podshosi alarni yaratguvchi bir Allohdir. Men ersam, Rum xalqining boshchisi erurman. 
Alloh xohlar ekan, alarni menga bo‘ysundirur. Agar xohlamasa, butun xalq menga qarshi 
chiqqaylar. Fors xalqining podshosiga xalqni musallat qilgan edi, o‘z podshosini 
o‘ldirdilar. Agar menga ham alarni Alloh musallat qilsa, o‘z fuqarolarim meni ham 
o‘ldirgaylar, — deb shu yanglig‘ so‘zlar bilan inisini qaytardi. 
So‘ngra o‘z qavmiga qarab aytdi: 
— Barchalaringiz bilurmisiz, qiyomat oldida oxirzamon payg‘ambari chiqqay deb, Iso 
alayhissalom bashorat bermish edi. Bu so‘z ersa muqaddas kitoblarimizda yozilmishdir. 
Bu payg‘ambar Shom tuprog‘idan chiqqaymu deb umid qilgan edik, nachoradurki, Alloh 
taolo bu davlatni boshqalarga bermishdur. 
Rasululloh zamonlarida Rum bilan Eron orasida ikki marta urush bo‘ldi. Birinchisida 
rumliklar yengishib, ikkinchisida eroniylar yengdilar. Rum tuprog‘idan alarni haydab 
chiqazdilar. Mana shuning shukronasi uchun Quddussharifni piyoda borib ziyorat 
qilg‘ayman deb ahd qildi. Shu ahdiga vafo qilmoq uchun Hims shahridan chiqmoqchi 
bo‘ldi. Ora yo‘lga gilamlar to‘shab, guli rayhonlar sochib ani ziynatladilar. Qaysar davlat 
arboblari bilan piyoda yurganicha Quddus shahriga yetdi. Ziyoratlari ado topgach, 
barchalari yana Hims shahriga keldi. Bu joyda Qaysarning ulug‘ bir saroyi bor edi. Davlat 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin