Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
278
oxirzamon payg‘ambari Muhammad alayhissalomning chiqishidan o‘z ummatlariga xabar 
berib, ulardan ahd olmish edilar. Endi haqlik shulki, yer ustida yashagan butun 
ummatlar Muhammad alayhissalomga iymon keltirib, shunga itoat qilgaylar, — dedi. 
Anda Muqovqis: 
— Men bu kishining xabarini eshitganimdan beri, ko‘p fikr qilib tekshirishlar o‘tkazdim. 
Aning buyurmish ishlari barchasi foydalik erur. Zararlik har bir ishlardan butun insonlarni 
qaytarmishdur. Payg‘ambarlikning barcha alomatlarini uning qilgan ishlarida topdim. 
Yana bu haqda o‘ylab ko‘rurman, — dedi. 
So‘ngra Rasulullohning nomalarini ipak lattalarga o‘rab, fil suyagidan yasalgan qutichaga 
solib xazinasiga topshirdi. Bu nomaning asl arabcha nusxasi shu kunlarda ham, ya’ni, 
1377 hijriy yilda Turkiya hukumatining xazinasida saqlanmoqdadur. Turkiyaning so‘ngi 
sultonlaridan birisining davrida bu nusxa Misr kalisolarining biridan topilgan edi. Eski 
Qibt kalisolarida shu davrgacha u muborak nomaning asl nusxasi saqlanib qolgan ekan. 
Shu zamonning sulton xalifasi ijozati bilan uning aksi olinib, nusxasi ko‘paytirilgan edi. 
1945 milodiy yilda G‘ulja shahrining qozisi Abdulhakimxoja bu muborak nomaning 
fotograf nusxasidan bir donasini bu kitob yozguvchi Alixon Sog‘uniyga hadya qilib 
keltirdi. O‘zim o‘qib ko‘rgan shu arabcha nomani yuqorida yozdim... 
So‘ngra Muqovqis arabcha yozdirib, Rasululloh nomalariga javob qaytardi. Buning 
tarjimasi quyidagichadur: 
«Muhammad ibn Abdullohga Qibt xalqining ulug‘i Muqovqisdan salom. So‘ngra shulki, 
yuborgan nomangni o‘qib ko‘rdim, yozganingni angladim. Da’vat qilmish dining asosiga 
tushundim. Bundan ilgari ko‘p payg‘ambarlar o‘tib, bir payg‘ambar qolganini bilur edim. 
Lekin men uni Shom tuprog‘idan chiqar deb o‘ylar edim. Arablardan chiqishi xayolimga 
kelmagan edi. Yuborgan elchingni hurmatlab hadyalar berib qaytardim». Shu bilan noma 
javobini tamom qilib, boshqa so‘z yozmadi. 
Misr tansiqlaridan har xil narsalarni tortiq qilib Rasulullohga yubordi. Bular ichida husn 
jamollik ikki kanizak bo‘lib, birisining oti Mariya edi. Buni Rasululloh o‘z nikohlariga 
oldilar. O‘g‘illari Ibrohim Mariyadan tug‘ildi. Rasululloh minishlari uchun yana bir xachir 
ham yubordi. Bundan ilgari arablar xachir ko‘rmagan edilar. Bunga «Duldul» ot qo‘yib 
Hazrati Aliga berdilar. So‘ngra Muqovqis hazrati Hotibga: «Qibt xalqi ersa bu to‘g‘ridagi 
menim so‘zimni qabul qilmagaylar. Yo‘q ersa Muhammadning oxirzamon payg‘ambari 
ekaniga ko‘zim yetdi. Unga iymon keltirur edim. Agar bu qilgan ishlarim alarga ma’lum 
bo‘lsa, ular meni halok qilgaylar. Shuning uchun bu ishim anglanmasdan oldinroq bu 
yerdin chiqib ketishing kerakdur», dedi va bir necha askar qo‘shib hazrati Hotibni sovg‘a 
mollari bilan saqlab arab tuprog‘iga yetkazib qo‘ydi. Shu bilan hazrati Hotib Madinaga 
kelib ko‘rgan ishlarini Rasulullohga bayon qildi. Anda Rasululloh: «Bu kishi ersa 
podsholigini qizg‘anib iymondan mahrum bo‘lmishdur. Lekin aning podsholigi uzoq 
turmagay», dedilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin