Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
287
Anda ul: 
— Ey Omir! Bu so‘zda ko‘p shoshqinlik qilma. Sen buyurgan ishni qilmoqchi bo‘lib uch 
qayta qasd qildim. Birinchi marta qilichga qo‘l urdim ersa, uning o‘rnida seni ko‘rdim. 
Seni chopgali bo‘lurmi? Ikkinchida oramizga temir qo‘rg‘on qurildi. Uchinchida qilich 
sopiga qo‘lim qadaldi, na ersa bu ishlarni ko‘rdim. Bo‘lg‘on ish shudir. Endi qolganini 
o‘zing bilursan, — deb to‘xtadi. 
Ey rabbim Alloh, bu nima sir, bu qanday yo‘riqdurkim, shunchalik ulug‘ mo’jizalik, ulug‘ 
qudratni ko‘zlari ko‘raturib bu kishilarning ko‘ngillari yana ochilmadi-ya? Mundog‘ 
bo‘lishning sababi ersa, ularga Alloh tavfiq bermadi. Chunki Allohning tavfiq berishiga 
bandaning talabi shartdur. Alloh insonni o‘z hikmati bilan yaxshi-yomonni, buzuq-
tuzuqni ajratishga aql berib, bu ikki yo‘lning qaysi biriga bo‘lsin, o‘z ixtiyoricha yurishga 
erklik qilib yaratmishdur. 
Munday bo‘lgach, yaxshi-yomon ishlarni banda o‘z erki bilan qila olur. Savob ishlarni 
qilib jannatga kirmak, gunoh ishlarni qilib do‘zaxga tushmak bandaning ixtiyoriga 
bog‘liqdur. Shayton yo‘lida yo‘qotgan kuchni rahmon yo‘lida ishlatish bandaning o‘z 
qo‘lidadur. Inson aqli yetmaydirgan diniy ishlarda yo‘lboshchilik qilish uchun Alloh taolo 
payg‘ambarlar yubordi. Bularning birinchisi Otamiz Odam Safiyulloh, eng so‘nggisi 
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Bu ikki orada 
o‘tganlar bir rivoyatda bir yuz yigirma to‘rt ming, ikkinchi rivoyatda ikki yuz yigirma to‘rt 
ming payg‘ambardurlar. Bularning keltirgan dinlari zamonlariga yarasha turlicha bo‘lsa 
ham barchalarining diniy asoslari shu uch narsaga qaralmish edi: 
Birinchisi, Allohning borligiga va birligiga iymon keltirish;  
Ikkinchisi, o‘lgandan keyin yana qaytadan tirilishga ishonmoq; 
Uchinchisi, qiyomat kunining bo‘lishiga inonmoqdur. 
Mana shu xabarlarni butun insonlarga yetkizmoq uchun Alloh taolo shuncha ko‘p 
payg‘ambarlarni yubormishdur. Alloh o‘z rahmatini ayamadi. Bularning har qaysilari o‘z 
ustlariga yuklangan xizmatlarini o‘z vaqtida o‘rinlatdilar. Bu to‘g‘rida chiqqan har turli 
og‘irliklar bo‘lsa, sabr qildilar. 
Ayniqsa, Rasulullohga bu haqda bo‘lgan qiyinchiliklar, o‘tgan payg‘ambarlarning hech 
biriga bo‘lmagan edi. Endi ishlar tugab, Xudo va uning Payg‘ambari o‘z vazifalarini ado 
qilgandurlar. Rasulullohga Qur’on tushgan kunidan boshlaboq yuzaga chiqqan haqiqat 
ersa Islom dinidur. Inson davri tugaguncha dunYo xalqiga moslashgudek bundan boshqa 
din yo‘qdir. Rasululloh marhamat qildilar: 
«Bir kun kelurkim, men keltirgan shu Islom dini yer yuzini butunlay qoplab, kirmagan 
uyi qolmagay, bu dinga bo‘ysunganlar esa hurmat ko‘rgaylar. Qarshilik qilganlar xorlikka 
qolgay», dedilar. 
Agar bu so‘zni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan bo‘lsalar, albatta, bu ish 
bo‘lg‘usidur. Muning belgi va alomatlari bo‘layotganini uzun yillardan beri payqab 
kelamiz. Rasululloh aytishlaricha, har yuz yilning boshida Islom dinini yangilovchilar 
chiqib turishlari lozimdur. Birinchi yuzidan boshlab o‘n uchinchi yuzga yetguncha uzilmay 
ulardan chiqib turganligi mo’tabar kitoblarda yozilgan ekan, o‘qib ko‘rdim. Endi 
oldimizdagi o‘n to‘rtinchi yuzni kutib turmoqdamiz. 
Ehtimol, bu yuzga yetguncha katta hodisalar, zo‘r voqealar bo‘lib, ulug‘ o‘zgarishlar 
ko‘rilgusidur. Chunki har ishning kamolga yetishi ul ishga zavol kelishi demakdur. Islom 
diniga qarshi ziyonlik narsa ko‘rilmish esa, shu asr madaniyatining diniy halokatimiz 
uchun tayyorlamish og‘uli oshlari, zaharli sharbatlaridur. Islom dini yer ustiga 
tarqalgandan beri, hech davrda bunday xorlikka qolgan emas edi. Endi ko‘p uzoq emas, 
ustimizdagi yillarni yuzga to‘ldirsak din yangilaydiganlarning davriga yetishgan bo‘lamiz. 
Rasulullohning xabar berishlaricha, albatta musulmonlar uchun ko‘p yaxshilik kunlar 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin