Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə414/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

QIRQ BIRINCHI MO’JIZA 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilmasdan ilgari bir 
qizlari amakilari Abu Lahab o‘g‘li Utaybaning nikohida edi. 
Rasulullohga payg‘ambarlik vahiysi kelgandan so‘ng dastlab Quraysh xalqini dinga da’vat 
qildilar. Ular borliq kuchlari bilan qarshilik qildilar. Ayniqsa, o‘z amakilari Abu Lahab bu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
339
ishda birinchilikni olgan edi. Buning haqqida Masad surasi tushgandan so‘ngra uning 
dushmanligi ilgarigidan ham ortiqroq bo‘ldi. Abu Lahab boshliq Quraysh raislari 
Utaybaga Rasululloh qizlariga taloq berib, o‘zlariga aziyat yetkizmog‘ini buyurdilar. Bu 
ham dushmanlikda otasi Abu Lahabdan qolishmas edi. Shu orada ota-bola tijorat uchun 
Shom safariga chiqmoqchi bo‘ldilar. Ketar chog‘ida Utayba Rasululloh qoshiga kelib: 
— Ey Muhammad, sening keltirgan dining, so‘zlaring — hammasi yolg‘ondur. 
Kofirligimga qasam qilurmanki, qizingni taloq qildim, — dedi. 
Bu qilgan so‘ziga qanoat qilmasdan yana Rasululloh yuzlariga qarab: 
— «Tuf» senga! — dedi. 
Bu baxtsiz kishi shundog‘ ulug‘ adabsizlikka jur’at qilib, qarindoshlik haqqini saqlamadi. 
Uning so‘zidan Rasulullohning ko‘ngillari qattiq ranjidi.  
Aning uchun: 
— «Allohumma sallit alayhi kalban min qilobika», ya’ni «Ey bor Xudoyo, itlaringdan bir 
itni bularga yuborgil, — deb uni qarg‘adilar. 
Bu so‘zdan uning ko‘ngliga qattiq qo‘rqinch tushdi. Shu bilan karvonga qo‘shilib Shom 
safariga chiqdi. Otasi Abu Lahab ham birga edi. Arab tuprog‘idan chiqqach yo‘lda bir 
manzilga yetdilar. Bu joyda nasoro rohiblarining ibodatxonalari bor edi. 
Alardan birovi kelib: 
— Ey karvon ahli, bu yerda yirtqich hayvonlar ko‘pdir, hushyor bo‘lib yotinglar, — dedi. 
Bolasi haqida Rasulullohning qarg‘ishlarini Abu Lahab ham eshitgan edi. Uning ustiga 
rohib so‘zi qo‘shimcha bo‘ldi, bolasidan qattiq qo‘rqinchga qolib: 
— Ey karvon ahli, bolamga qilgan Muhammadning qarg‘ishidan qo‘rqaman, bu kecha 
soqchilik qilib bolamni kuzatib beringlar, — deb ulardan o‘tindi. 
Uning so‘zini anglagach, karvon ahli yuklarini qo‘rg‘on qilib, ortidan tuyalarini cho‘ktirib, 
Abu Lahab o‘g‘lini o‘rtaga olib yotdilar. Yana bir necha joyga qorovul ham qo‘yilmish edi. 
Shunchalik hushyorlik bilan tursalar ham Allohdan amr bo‘lgach, barchalari uxlab 
qoldilar. Osmondan tushgandek shu kecha bir arslon karvon qo‘rg‘oni ichiga kirdi. 
Uyquda yotgan kishilar yuzini iskab yurib, qazodan qochgan Utaybani topdi ersa, po‘lat 
changalini uning yuziga botirib parchalab tashladi. Rasulullohning yuzlariga qilgan 
adabsizligi o‘z yuziga urdi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin