Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə422/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
345
ichida Muhlim ibn Jusoma degan bir kishi eskidan qolgan dushmanligi uchun Rasululloh 
qo‘ygan askar boshlig‘ini kechasi uyquda yotganida o‘ldirib qochdi.  
Rasululloh buni anglab qattiq qayg‘urib, o‘ldirguvchini qarg‘adilar ersa, yetti kunga 
yetmay u ham o‘ldi. Qabrga qo‘ysalar, go‘r qabul qilmadi. Necha qayta qo‘ydilar, 
tashqari chiqarib tashlayverdi. Buni Rasululloh anglab: 
— Undan yomonlarni ham go‘r qabul qilur erdi. Sizlarga ibrat uchun Alloh buni ko‘rsatdi, 
dedilar-da, so‘ngra uni bir chuqurga tashlab, ustiga tosh uyib qo‘ydilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir odam otini sotib edi, so‘ngra sotganim yo‘q, 
deb so‘zidan tondi.  
— Rasululloh bu otni sotib oldilar, — deb sahobalardan hazrati Huzayma guvohlik berdi. 
Lekin o‘zi ko‘rmagan edi.  
Anda Rasululloh: 
— Ey Huzayma, ko‘rmagan ishga qandoq guvohlik berursan? — dedilar. 
— Arsh ustidan keltirgan har bir so‘zingizga ishonurmiz. Endi yer ustida aytgan 
so‘zingizga nechun ishonmaymiz? — dedi Huzayma. 
Bu so‘zi ersa Allohga xush kelib uning guvohligini ikki guvoh o‘rniga oldilar. Shunday 
bo‘lsa ham, ul otni olmay, egasiga qaytarib berdilar: 
— So‘zi yolg‘on bo‘lsa, undan barakot topmas, — dedilar. 
Ertalab qarasalar, ot oyog‘ini yerga qo‘yolmay cho‘loq bo‘lib qolmish edi. Rasululloh 
aytganlaridek, yolg‘onning shumligidan o‘ziga ham ot asqotmadi.  
Payg‘ambarik davri yigirma uch yil ichida shunga o‘xshash ishlar hisobsiz ko‘pdir. Bular 
ham Rasulullohning mo’jizalaridan sanalg‘usidir. Sallallohu alayhi vasallam. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin