Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə420/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

QIRQ YETTINCHI MO’JIZA 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kimning haqida nima degan bo‘lsalar, qanday duo 
qilsalar, xuddi shunday bo‘lur edi. Muhojir sahobalarning kattalaridan Abdurahmon ibn 
Avf bir xizmat bajarib kelganida, Rasululloh uning haqida «Ishlaring barakalik bo‘lsin», 
deb duo qildilar. So‘ngra nima ish qildi ersa, undan baraka chiqaverdi. Bu kishi aytdi: 
— Shunday bo‘ldikim, agar yerdin bir tosh olur bo‘lsam, ostidan oltin chiqqay. 
Abdurahmon ibn Avf vafot bo‘lgach, meros qolgan oltinlarini oilasi kuraklab bo‘lib oldilar. 
Nikohida to‘rt xotini bor edi. Meros molning sakkizidan birini shariat bo‘yincha bular 
bo‘lib olg‘aylar. Har biriga yuz ming tilladan meros tegdi. Boshqalarga qancha tekkanligi 
ersa shundan ma’lumdir. O‘lish oldida, ellik ming tilla faqir-miskin va yetimlarga vasiyat 
qildi. Tirikligida qilgan xayr-ehsonlari ersa hisobsiz edi. Bir kun ichida o‘ttizlab-qirqlab 
qul ozod qilgan chog‘lari ham bor edi. Yetti ming tuyalik bir karvonni butunlay ustiga 
ortilgan oziq-ovqati, turli mollari bilan sadaqa qilib faqir-miskinlarga tarqatganligi 
mashhur hadislarda yozilmishdur.  
Islom yangidan boshlanishida har tomondan yetishmasliklari ko‘p edi. Bir kuni Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam boy kishilarni sadaqa qilmoqqa qattiq tashviq qildilar ersa, 
sahobalardan Abdurahmon ibn Avf to‘rt yuz tanga sadaqa keltirib: 
— Yo Rasulalloh, sakkiz yuz tanga sarmoyam bor edi, to‘rt yuzini oilam uchun qoldirdim, 
— dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Keltirganingga va qoldirganingga Alloh barakot bersin, — dedilar. 
Mana shu kundan boshlab u kishini baraka bosib, mol-dunyosi ko‘paygani turdi. 
Yana sahobalardan Abu Qatoda degan kishi bir xizmatni bajarib kelganida undan rozi 
bo‘lib: 
— Yuzingni Alloh barakotlik qilsun, — deb duo qildilar. 
Bu kishi ersa yetmish yoshga kirganida ham, soch-soqollaridan bir tola tuki oqarmadi. 
Yuz-ko‘zlari o‘n besh yashar boladek ko‘rinur edi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin