Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə431/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
351
— Kechadan beri izlab topolmadim, — dedi. 
— Bir tuyani kutolmay, yo‘qotib o‘ltirgan qanday kishisan? — deb Abu Bakr Siddiq qulni 
qamchi bilan urdilar ersa, Rasululloh: 
— Manovi ehromlik kishining qilayotgan ishini ko‘ringlar? — deb, boshqa gapirmay 
kulimsirab qo‘yib, haj safaridagi kishilarga bu xildagi ish durust emasligini bildirdilar. 
Sahobalardan ba’zi birlari eshitib darrov taom tayyorlab, Rasululloh oldilariga keltirishdi. 
Abu Bakr Siddiq ersalar, tuyalari yo‘qolgani alamiga achchig‘lanib o‘ltirgan edilar: 
— Ey Abu Bakr, o‘zingni ko‘p koyitma. Har ish sen bilan biz aytgandek bo‘lavermaydi, 
munga sendan ko‘proq bu o‘g‘il xafadur. U yo‘qolgan taom o‘rniga Xudo undan 
yaxshirog‘ini yetkizdi, kelgil, — dedilar Rasululloh. 
Shu orada Safvon ibn Mu’attal yo‘qolgan tuyani yuklari bilan topgan ekan, yetaklab 
kelib, chodir oldiga cho‘ktirdi. Bu odam askar ortida yuradigan chindovul bo‘lib, esdan 
chiqqan, qolgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ib yurish uning vazifasi edi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Abu Bakr, yuklaringni qarab ko‘rgilchi, yo‘qolgan hech narsa bormi? — dedilar. 
— Yo Rasulalloh, bari narsamiz tugal ekan, yolg‘iz suv ichib yurgan bir idishimiz yo‘q, — 
deganida xizmatchi o‘g‘il: 
— U narsa menda, mana, — deb ko‘rsatdi. 
Bu yerdan chiqqach, yurib o‘ltirib bir necha kun ichida Makkaga yetib, tushga yaqin 
shahar ichiga kirdilar. Rasulullohning dastlabki qilgan ishlari Baytullohni tavof qilish 
bo‘ldi. Ka’bani yetti marta aylanib, tavofni tugatgandan keyin Maqomi Ibrohimda ikki 
rakat tavof namozini o‘qib, so‘ngra zam-zam qudug‘idan suv ichdilar. Quduqdagi suvga 
og‘izlarini chayqab, yana uni qaytarib zam-zam qudug‘iga to‘kdilar. Quduqdan suv tortib 
bergan kishi amakilari hazrati Abbos edi. 
Anda Rasululloh: 
— Zam-zam suvini quduqdan o‘zim tortib olmoqchi edim. Mendan keyin ummatlarim 
quduqdan suv tortib ichishni sunnat deyishib talashib yurmasinlar, deb o‘zim tortmadim, 
— dedilar. 
So‘ngra Safo, Marva tog‘lari orasida yurib, u kunning ibodatini qilib tugatdilar. 
Qurbon oyining sakkizinchi kuni «Yavmu tarviya» deyiladi. Shu kuni Makkadan chiqib 
Mino tog‘iga borib yotmoq sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulug‘ jamoat 
bilan Minoga kelib shunda yotdilar. Bomdod namozini o‘qib juma kuni Arafotga qarab 
yurdilar. Ana shu yili «hajji akbar» bo‘ldi. Hojilar juma kuni Arafotda bo‘lsalar, «hajji 
akbar»ni topadilar. Arafotda bir azon ikki takbir bilan peshinga asr namozini qo‘shib 
o‘qidilar. Bu ikki namozni qo‘shib o‘qish shundan beri ummatlariga sunnat bo‘lib qoldi. 
Rasululloh Qasvo degan tuyalariga minib olti yuz ming chamalik hoji yig‘ilgan Arafot 
tog‘ida turib xutba o‘qib, uzun bir va’z aytdilar. 
Bu joyda aytgan eng so‘ngi va’zlari shu edi. Bu yerdan qaytib uch oy o‘tgandan keyin 
olamdan o‘tdilar. Demak, shu hajlarida hozir bo‘lgan va g‘oyib butun ummatlari bilan 
xo‘shlashgan edilar. 
Endi biz bu o‘rinda Rasulullohning o‘qigan xutbalari va aytgan va’zlarining qisqacha 
mazmunini bayon qilamiz. 
«Hamdu-sano Allohga bo‘lsin. Uni ulug‘laymiz, unga hamd aytamiz, undan yordam 
so‘raymiz va mag‘firat tilaymiz, unga tavba qilamiz, yomon amallarimizdan, o‘z 
nafsimizning sharridan Alloh panohiga qochamiz. Alloh yo‘lga solganni adashtirguvchi 
yo‘qdir. Olamni yaratgan u yolg‘iz o‘zidur. Uning sherigi yo‘qdur. Guvohlik beramankim, 
Muhammad uning quli ham payg‘ambaridir. Ey Xudoning bandalari! Sizlarnng taqvolik 
bo‘lib, Xudodan qo‘rqishlaringni tilayman. 
Hammangizni Allohning toat-ibodatiga undayman. Sizlarga nima narsa foydalik bo‘lsa, 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin