Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə452/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
370
uchun Xudo tarafidan Rasululloh yuborilmish edilar. Shu uchun Alloh taolo xalqning 
ichki-tashqi yomon sifatlaridan Rasulullohni xabardor qilmish edi. Shunga ko‘ra har 
kimning dardiga qarab davoladilar. Muso alayhissalomga Alloh taolo zohiriy ilmini bergan 
edi. Ummatlarining qilgan ishlari shariat zohiriga kelsa, shunga qanoat qilar edilar. Alloh 
taolo Xizr alayhissalomga botin ilmini ato qilib, shunga amal qilishga buyurgan edi. 
Bizning Payg‘ambarimizga Alloh taolo har ikkovini ham berdi, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam xalqning zohiriga va botiniga qarab, muomala qilar edilar. Rasululloh 
muomalasi qo‘pol bo‘lgan a’robiylar bilan suhbatlashsalar, ularga ko‘rsatgan yaxshi 
axloq, yaxshi so‘zlar ta’siridan alar shu majlis o‘tmay turib, ko‘ngillari iymonga moyil 
bo‘lar edi. 
Tavrot olimlaridan Vahb ibn Munabbah aytdi: 
— O‘tgan payg‘ambarlarga Xudo tarafidan berilgan kitoblardan yetmish bittasini o‘qib 
tushirdim. Rasulullohning sifatlarini shularning hammasida ko‘rdim. Xudo tomonidan 
Rasulullohga berilmish aql oldida boshqalarning aqllari daryodan bir tomchi suv misoli, 
deb yozilganini o‘qidim. 
Allohning odati shuldurki, qaysi bandasiga aqlni ko‘proq berar ekan, shunga yarasha 
qolgan yaxshi fe’l-xuylarni ham unga ko‘proq beradi. Kishi xulqining kengligi ham, uning 
aqlining kengligiga yarasha bo‘ladi. Shuning uchun Rasulullohning oldida biror kishini 
maqtasalar, uning aqli qandoq ekan, deb so‘rar edilar. Endi Rasulullohning aqllari 
qandoq kamoliga yetgan bo‘lsa, u zotda bo‘lgan boshqa sifatlari ham shundoq kamolga 
yetgan edi. 
— Kishining iymoni sabr bilan kamolga yetadi. Jasadga bosh qanday zarur bo‘lsa, 
iymonga sabr shunday zarurdir, — dedilar. 
Rasulullohga payg‘ambarlik kelgandan so‘ngra o‘n uch yil Makkada turdilar. Bu muddat 
ichida Makka mushriklari, Quraysh kofirlari Rasulullohga ko‘rsatmagan kulfatlari, 
qilmagan jabr-jafolari qolmadi. Shularning bariga sabr qildilar. Haqiqatda ham o‘tgan 
payg‘ambarlardan hech qaysilari o‘z qavmlaridan Rasulullohdek qattiq aziyatlar 
ko‘rmagan edilar. Ayniqsa, himoyatchi amakilari Abu Tolib, g‘amguzor yori mehribonlari 
onamiz Hadicha ikkovlarining vafotlaridan keyin yeru ko‘k titragudek, yuraklar 
ezilgudek, ko‘zlar qon yig‘lagudek aziyatlar ko‘rib, sabr-sabot bilan barini o‘tkazdilar. 
Bularning har birini o‘rni bilan yuqorida bayon qilib o‘tdik. O‘quvchilarga ma’lumdirkim, 
Uhud tog‘ida bo‘lgan urushda ersa kofirlar muborak boshlarini yorib, tishlarini sindirdilar. 
Butun tanlarida tig‘ tegmagan, jarohat bo‘lmagan joylari qolmagan edi. Hazrati Ali va 
Hazrati Fotima yig‘lab turib bosh ko‘zlaridan qonlarini yuvdilar. Oqqan qonlarini yerga 
tushirmay, o‘zlari artib turdilar: 
— Agar bir qatra qonim yerga tushsa, osmondan azob tushib, hammani halok qilur, — 
dedilar. 
Bu ishga sahobalar chidayolmay: 
— Yo Rasulalloh, duo qiling yer ustida kofirlar qolmay qurisinlar, — dedilar ersa, 
Rasululloh: 
— Men xalqqa Xudodan la’nat yog‘dirishga kelmadim, — deb, alar haqlariga shunday 
duo qildilar: 
— Ey bor Xudoyo, bularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilib, gunohlarini kechirgil. Bular 
bilmaydilar, bu ishni bilmaslikdan qiladilar. 
Rasululloh o‘zlariga tegishlik narsalarda, ya’ni o‘z haqlari bo‘lib, o‘zlarini ranjitib, aziyat 
bergan kishilarning xatolarini afv etib, gunohlarini kechar edilar, ammo Xudo amrini 
buzib, shariat hukmini xor tutgan kishilarga qattiq g‘azablari kelur edi. 
Handaq urushida mushriklar hujum qilib, namoz o‘tashga fursat bermadilar. 
Rasulullohning namozlari shu kuni qazo bo‘ldi. Shunda g‘azablari kelib: «Bular bizni 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin